Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#TDT
#Taʻlim_vazirlari_yigʻilishi

TURKIY DAVLATLAR TA’LIM VAZIRLARI YIGʻILISHI O’Z ISHINI BOSHLADI

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining IX yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.

✔️Unda Turkiy davlatlar tashkiloti, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston ekspertlari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TDT

📍 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi davom etmoqda.

❗️ Yig’ilish doirasida bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
✔️ Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari
Firudin Gurbanov,
✔️ Turkiya delegatsiyasi rahbari Nazif Yilmaz
bilan uchrashib, o‘zaro muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.

✔️Unda TDT, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruhlari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TDT

Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

Samarqandda bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Ta’lim vazirlari yig’ilishi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

❗️ Tadbir avvalida Kubanichbek Omuraliyev O’zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida:

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish,
– maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro tanlov va olimpiadalarni kengaytirish, qardosh maktablar hamkorlik dasturini amalga oshirish,
– maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TDT
#prezident_maktabi

⚡️Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari Samarqand shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o'quvchilar tomonidan mehmonlar uchun muassasa bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruh a'zolari ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TDT

⚡️ Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi bo’lib o’tmoqda

Tadbirni kirish so’zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi:

- Turkiy davlat tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda va katta ahamiyatga ega.

Zero, oldimizda turgan masalaga yechimlarni topish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va turkiy olamning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish faqatgina hamkorlik orqali amalga oshadi.

Shubhasiz, Turkiy svilizatsiyaning yuksalishidagi asosiy yo‘nalish ham ilm-fandir. Bugungi yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.

Shundan so‘ng, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev so’zga chiqib, O‘zbekistonda ta'limga katta e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi:

- Kecha Samarqandda joylashgan ta'lim muassasalarida ham bo'ldik. Ularning har biri bizda ulkan taassurot qoldirdi. Birgina Prezident maktablari g'oyasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. O'tgan 4 yil davomida bu maktablar ko'rsatayotgan natijalar O'zbekiston ta'lim tizimining naqadar yuqori ko'rsatkichlar qayd etayotganligini ko'rsatib turibdi.
_____
❗️ Yig‘ilish doirasida ko'p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Unda O'zbekiston tomoni:

✔️Maktabgacha ta'lim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish,
✔️ qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish,
✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot — "Turkiy dunyoning oliy ordeni" tantanali topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti — MDH Faxriy nishoni tantanali topshirilgan edi.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #mukofot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube