Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Vazir_soati

Oʻtkazilgan navbatdagi “
Vazir soati”da muhim masalalar muhokama etildi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan maktab taʼlimini rivojlantirish, oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimi va sifatini oshirish, malaka toifa sinovlarini oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

🔹Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi qator maktablarda oʻquvchilarni 27 ta turdagi kasb-hunarga oʻrgatish tizimi joriy etilganligi hamda bu tashabbus oʻz samarasini berayotganiga urgʻu berib oʻtdi. Vazirlik hamda hududiy masʼullarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar darajasini yanada jadallashtirish vazifasi qoʻyildi.

🔹Jumladan, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish, hududiy masʼullar va maktab direktorlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishini joriy etish boʻyicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda joriy yilda oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur choralar haqida fikr yuritildi.

🔹Shuningdek, ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa sinovlarini namunali tashkil etish, jarayonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish boʻyicha masʼullar oldida turgan muhim vazifalar aytib oʻtildi.

👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#Vazir_soati

Vazir soati”da sohadagi muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Unda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, tizimdagi o‘quv binolarini qurish va ta’mirlash, malaka sinovlari jarayonlarini izchil davom ettirish, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

❗️Yig‘ilish davomida shuningdek, “7-may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan vazirlikning AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rabbim Musurmonov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda mas’ul xodimlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1594

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_soati

Bitiruv imtihonlarini ochiq va shaffof oʻtkazish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda yoz mavsumida oʻquvchilarni maroqli hordiq chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami hamda “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbirlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilda mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 592 ming nafardan ortiq, 11-sinfini 400 ming nafarga yaqin oʻquvchilar bitirayotganligi, ushbu oʻquvchilar ishtirokidagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini tizimli tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1610

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_soati

Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi.

⚡️
Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi.

❗️Shuningdek,
vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Vazir_soati

Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1779

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM