Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.5K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.36K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ijodiy_imtihon

AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARI IMTIHONLARIGA START BERILDI.

🔰Xabar qilinganidek, 1 iyuldan barcha ijod maktablariga 2021-2022 o’quv yili uchun iqtidorli o’quvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

📃 Jumladan, Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida mazkur o’quv yili uchun 7-sinfga 12 nafar o’quvchi qabul qilinadi va imtihonda ishtirok etish maqsadida 110 o’quvchining arizalari qabul qilingan.

📌 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham bo'lib o'tayotgan imtihonlar ota-onalar uchun zoom orqali ko'rsatilmoqda. Shuningdek, barcha imtihon o'tkazilayotgan maktablarda Face ID tizimi orqali talabgor-o'quvchilar shaxsiga aniqlik kiritilib, so'ngra imtihonga kiritilmoqda. Shu bilan birga jurnalistlar ham taklif etilgan, ular jarayonni yoritishmoqda. Bularning barchasi shaffoflikni ta'minlash yo'lida amalga oshirilmoqda.

🔸Jarayon davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijodiy_imtihon

🔰Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham kirish imtihonlari o`tkazilmoqda. 330 nafar nomzod ijod maktabiga kirish uchun o`z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishgan.

🔸Shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ham imtihon jarayoni davom etmoqda. Joriy o'quv yili uchun 38 o'rin ajratilgan bo'lib, 297 nafar nomzod hujjat topshirgan.

🔹Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham xuddi shunday imtihonlar o'tkazildi. Mazkur maktabga 282 nafar nomzod online hujjat topshirgan. 7-sinfga 12 nafar, 8 sinfga 14 nafar o’quvchi qabul qilinadi.

⚡️Shaffoflikni ta'minlash maqsadida, imtihon jarayonlarida nomzodlarning ota-onalari uchun farzandining qay tartibda imtihon topshirayotganligini onlayn kuzatish imkoni yaratildi.

📌Jarayonlar esa karantin qoidalariga amal qilgan holda davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijodiy_imtihon

🔹Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham ijodiy imtihonlar o‘tkazildi. Yangi o'quv yili uchun 1028 ta o'quvchi ariza topshirgan. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov maktab-internatning imtihon jarayonlariga tashrif buyurib, o'quvchilarga omad tiladi.

🔸Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha birinchi bosqich sinovlarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari qatnashdi.

🔹Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan ijodiy imtihonda ham Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va Prezident maktabi malakali mutaxassislaridan iborat hakamlar ha’yati ish olib bormoqda. Joriy o'quv yili uchun 7-8-9-sinflarga 34 o'rin ajratilgan bo'lib, 240 nafar nomzodlar hujjat topshirgan.

🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 2021-2022 o‘quv yili uchun 7- va 8- sinflar uchun jami 66 nafar o‘quvchi qabul qiladi. 413 ta hujjat topshirilgan.

📌Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarida ijodiy imtihonning birinchi turi o‘z nihoyasiga yetdi.
#Ijodiy_imtihon

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ijodiy imtihonining 1-bosqich 2-turiga start berildi. Mazkur turda ogʻzaki suhbat tarzida talabgor oʻquvchilar sinovdan oʻtkazildi.

🔹Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida saralash ijodiy imtihonda talabgorlar hakamlar tomonidan berilgan savollarga og’zaki bilimlariga tayangan holda javob berishdi, imtihonlarni zoom orqali ota-onalar kuzatishdi.

🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ham talabgor o’quvchilarni saralab olishning 1-bosqich 2-turi o'tkazildi. O'quvchilarning javoblari xalq shoirlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi tomonidan baholab borildi.

🔹Shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-8 sinflar uchun saralash imtihonining 2-turi o’tkazildi. Unda shoir va ma'naviyat xodimlari hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’.Haydar ishtirok etishdi.

🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham 1-bosqich imtihonlarining 2-turi yakunlandi.
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon

⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilayotgan kirish imtihonlarining 1-bosqichi yakunlandi.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal