Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ekologiya
#Ekologik_madaniyat
#Seminar

🔰FAO eksperti Prezident maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi bolib o‘tdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sabzavot yetishtirish bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Magliochetti Lombi O‘zbekistonga tashrifi doirasida Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazdi.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror rivojlantirish uchun innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassis bolalarni gidroponika va aeroponika kabi o‘simliklarni yetishtirish usullari bilan batafsil tanishtirdi, shuningdek, butun dunyoda faol joriy etilayotgan “vertikal dehqonchilik” texnologiyasining xususiyatlari haqida gapirib berdi.

Batafsil...
#Ekologiya

TABIATNI ASRAB-AVAYLASH – MUQADDAS BURCH

Nukus shahridagi Prezident maktabida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi vakillari ishtirokida tabiatni asrab-avaylash mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Ona sayyoramiz, tabiatni asrab-avaylashga barcha masʻul ekanligi taʼkidlandi. Mutaxassislar, oʻquvchilar tomonidan ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, tabiatni ifloslantirmaslik, tevarak-atrofni pokiza tutish haqida ekologik-huquqiy taqdimotlar qilindi.

Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilar taqdirlandi. Ko‘chat ekish aksiyasi ham oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube