Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.3K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Trenerlar_uchun_trening
#Yopilish_marosimi

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener dasturi'' haftaligi o'z yakuniga yetdi.

✔️Tadbir avvalida Agentlik rahbari so'zga chiqib, ishtirokchilarni samimiy tabrikladi:

"Men butun hafta davomida dars jarayonlarini maroq bilan kuzatib bordim. Umid qilamanki, yangi bilimlarni egallash va o'z ustingizda ishlash shu haftalik doirasida to'xtab qolmaydi. Bu yerda o'rganganlaringizni o'z ta'lim maskanlaringizda ham joriy etib, yanada ko'proq muvaffaqiyatga erishishingizga ishonaman''.

🔹Tadbir so'ngida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

📲
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz
#Yopilish_marosimi
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining yopilish marosimiga start berildi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi

🤩 BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:

🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.

📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.

🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.

💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.

🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM