#xalqaro_tuproq_kuni
#trening
EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.
Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube