#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.
Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.
Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud.
Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube