Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.36K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Hashar

Xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati - hashar yurtimizni yanada obod va fayzli, ko'rkam qilishda muhim o'rin tutadi.

Bugun butun mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Agentlik tasarrufidagi maktablar xodimlari ham darslar tugashi bilan hasharga kirishishadi.

Hashar davom etadi...
#Hashar

Avvalroq xabar qilganimizdek, bugungi umumxalq xayriya hasharida hamma birdek ishtirok etdi. Xususan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarida ham ushbu ezgu qadriyat asosida hasharga kirishishdi.

Jumladan, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida har bir sinf o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchilar bir jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini yanada mustahkamladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ham maktab, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirib, hududga yanada fayz olib kirildi.

Xuddi shunday Ishoqxon Ibrat nomidagi maktab-internati hududida va atroflarida obodonlashtirish ishlari o'tkazildi.

Shu bilan birga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining xodimlari va boshqa maktablar ham o‘tkazilgan hasharda yurtimizni obodonlashtirish yo'lida o‘z hissasini qo‘shdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Hashar_elga_yarashar

🔴Mamlakatimizda "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi ham uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda.

✔️Umumxalq hashari Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarida davom etmoqda.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
#Hashar

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi pedagog-xodimlari va ishchi xizmatchilari hasharda ishtirok etishdi

🌳Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, o‘quvchi-yoshlar tomonidan atrof-muhit muhofazasini yana-da samarali tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida hashar bo‘lib o‘tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Hashar

🌱HASHAR HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham faol ishtirok etmoqda:

📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
📍 Guliston shahridagi Prezident maktabi
📍 Nukus shahridagi Prezident maktabi
📍 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
📍 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
📍 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Joylarda umumxalq hashari davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#hashar

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.


Unda Agentlik rahbariyati va barcha xodimlar faol ishtirok etib, binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hashar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.

Unda barcha faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Daraxtlar oqlanib, turli navlardagi nihollar va turfa gullar ekildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube