Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#hashar

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.


Unda Agentlik rahbariyati va barcha xodimlar faol ishtirok etib, binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥇Ozod Axtamov oltin medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi;

🥈Elbek Zohidjonov – kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi.

🥉Madina Suyunovabronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi;

🥉Asadbek Boboqulovbronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Aziza Ne'matova AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

Unda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB
#umumtaʼlim_maktablari

⚡️500 TA UMUMTA'LIM MAKTABDA YANGI BAHOLASH IMTIHONLARI OʻTKAZILDI.

📆 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida III chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📝 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

🗣Ma’lumot uchun: ChSB savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Sinovlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.

Yangi tizimning afzalliklari nimada?

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.

Unda barcha faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Daraxtlar oqlanib, turli navlardagi nihollar va turfa gullar ekildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube