Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.1K subscribers
20.9K photos
2.63K videos
72 files
7.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Avvalroq, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

KANADALIK O‘QUVCHILAR PREZIDENT MAKTABI MEHMONI

Mamlakatimizda Kanadaning "O‘zbekistonliklar Assotsiatsiyasi" vakillari, o‘quvchi yoshlaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Kampus tur ishtirokchilarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev kutib oldi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi yangiliklar va yutuqlar, Prezident maktablarining ilg‘or va innovatsion ta’lim tizimi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, kanadalik o‘quvchilar ta’lim muassasasida O‘zbekistonning boy milliy madaniyati va san’ati, o‘zbek xalqi an’analarining turli jihatlari, musiqasi, raqslari va san’at shakllari haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmalarni tomosha qilib, o‘zlari uchun yangi bilim va koʻnikmalar oldi.

Kampus tur davomida Prezident maktabi o‘quvchilari va kanadalik yoshlar o‘rtasida samimiy va qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shu kabi tadbirlar madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Kanadalik oʻquvchilar Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan ushbu kampus tur tafsilotlari haqida videolavha.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida Stiv King ishtirokida Prezident maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda mehmon oʻquvchilarimizning kelgusidagi rejalari, ilmiy izlanishlari, ilgʻor loyihalari bilan qiziqib, yoshlarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berdi.

Xalqaro ekspert oʻquvchilarimizga ta’lim sohasidagi yangi istiqbollar, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida GIS vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Science, Sport, Social, Spirituality" festivalida ishtirok etib, “Science fair” loyihalar taqdimoti, sport musobaqalari, robofutbol, psixologik treninglar, "Oʻzbek milliy taomlari" koʻrgazmasi jarayonlarini yaqindan kuzatdi.

CIS vakillari festival mazmun-mohiyatiga yuqori baho berib, taʼlim muassasasida shu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi oʻquvchilarni jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish bilan birga oʻquv jarayonlarini yanada qiziqarli va yangicha mazmunda tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati Xitoy davlatining Yinghua Group va Yinghua Academy vakillari bilan muzokara oʻtkazdi.

Agentlikka Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqotda A.Ubbiyev Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida boshqa sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani, xususan, mazkur uchrashuv ham amaliy hamkorlik sifatida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Uchrashuvda Agentlik tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab va unda ikkinchi til sifatida xitoy tilini oʻqitish masalalari, xalqaro fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy konferensiyalar boʻyicha maʼlumot almashinuvi, oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, ikkitomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga oid harakatlar rejasi kelishib olindi.

Shuningdek, muloqot doirasida Agentlik hamda Yinghua Group va Yinghua Academy faoliyatiga oid taqdimotlar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirmoqda.

🗣Agentlik va markaz mutaxassislaridan iborat delegatsiya Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursida ishtirok etmoqda.

Ushbu trening Singapur tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari, sinov savollari tuzish, spetsifikatsiya jadvallarini ishlab chiqish hamda yuqori darajadagi tafakkurni baholash kabi dolzarb mavzularni qamrab oladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktabi
#xalqaro_hamkorlik
#qoʻshma_yigʻin

🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boks boʻyicha Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi bilan birgalikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda.

🥊 Unda sport maktabimizning yosh bokschilari hamda mehmon sportchilar malakali murabbiylar boshchiligida mahoratini oshirish bilan birga oʻzaro tajriba almashish imkoniga ham ega boʻlmoqda.


🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi ishtirokidagi qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini 16-aprelga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.

Singapurda oʻtkazilgan treninglar davomida ishtirokchilar baholashning xalqaro yondashuvlari, sinov savollarini loyihalashtirish, spetsifikatsiya jadvallari va yuqori tafakkurni baholash kabi dolzarb yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.

🗣Tashrif doirasida bir qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.


Safar chog‘ida delegatsiya Pekin til va madaniyat universitetiga tashrif buyurib, oliygoh vakillariga O‘zbekiston ta’lim tizimi hamda Agentlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda xitoy tilini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, mazkur tashabbus doirasida universitetdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Pekin til va madaniyat universiteti xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha ushbu universitetda 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan.

Delegatsiya, shuningdek, "Beijing National Day" maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, hamda sun’iy intellekt fanini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur maktab 1954-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning eng ilg‘or maktablaridan biri hisoblanadi. Maktabning Pekin kampusida hozirda 5000 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu maktabda Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM