Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49.1K subscribers
16.9K photos
2.17K videos
70 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻrganish jarayonlarida maktablarda ma’naviy muhitning shakllantirilganligi, rahbar xodimlar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘quv jarayonlarini o‘rganish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi o‘rganish jarayonidan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Bugun Navoiy viloyatidagi Konimex hamda Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi. Maktab bitiruvchilarining kelgusidagi rejalari haqida muloqot qilishdi.

Muloqotda oqitish ishlari sifatini yanada oshirish, ayni jarayonda o‘quvchilarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqaruvchi yangi loyiha va tashabbuslarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Agentlik ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Buxoro viloyatidagi maktablarimiz faoliyati o‘rganilmoqda. Maktablarga ishchi guruh tomonidan amaliy va metodik yordamlar berilmoqda. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Buxoro shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi.

Ishchi guruh maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube