Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Chortoq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy ta’lim sharoitlariga ega

Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani 441 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 46 nafar pedagog-murabbiy taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.

Jami 42 ta fan, 4 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, shuningdek, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari bilimlar bellashuvlari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Oʻnlab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Ta’lim maskanining Barkamol Ismoilov, Alimardon Tursunxoʻjaev, Yosinbek Abdulazizov, Mirzohid Hasanxoʻjayev, Ilgʻorbek Turgʻunpoʻlatov kabi oʻquvchilari dunyoning TOP-100 universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan mazkur ijod maktabida adabiyotga oshno, Hamid Olimjon va Zulfiyaga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.

Bugungi kunda ijod maktabi “Sifatli ta’lim va tarbiya – barqaror kelajak kafolati” shiori ostida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Xususan, hozirga qadar maktabni 65 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning barchasi xorijiy va mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi.

2023-yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi xulosasiga ko‘ra, ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha Jizzax viloyatida birinchi, Respublikada o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Maktab yoshlari fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab xodimlari stipendiyasi tashkil etilgan.

Ta'lim maskanida jurnalistika, publitsistika , noshirlik ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun “Ijod gulshani” nomida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi efirga uzatilmoqda. Hozirga qadar 11 nafar o‘quvchining 13 ta kitobli nashr ettirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Oqqoʻrgʻon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy taʼlim sharoitlariga ega. Maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 316 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 30 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.

Maktabda 4 ta sport, 1 ta robototexnika, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻquvchilardan 34 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Tomdi_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 307 nafar o’quvchiga 44 pedagog-murabbiy taʼlim-tarbiya bermoqda.
 
Ushbu maktab zamonaviy ta'lim sharoitlariga ega bo‘lib, barcha zarur jihozlar, o‘quv anjomlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.

Maktabda:
32 ta o‘quv xonasi;
3 ta informatika xonasi;
1 ta kovorking xonasi;
6 ta laboratoriya xonasi;
1 ta robototexnika xonasi;
1 ta kutubxona;
1 ta tikuv xona;
264 o‘rinli faollar zali;
210 o‘rinli yotoqxona;
sun’iy qoplamali mini futbol maydoni;
sport zal hamda 240 kishiga mo‘ljallangan oshxona mavjud.

Darsdan so‘ng o‘quvchilar uchun barcha fanlardan to‘garaklar tashkil qilingan.

Pedagogik jamoaning maqsadi ushbu bilim maskanida ta’lim olayotgan o‘g‘il-qizlarning al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkir ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lib yetishishiga o‘z hissalarini qo‘shishdan iborat.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Urganch_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining faoliyat koʻrsatayotgani iqtidorli yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Agentligimiz tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 456 nafar oʻquvchiga 42 nafar pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
▫️43 ta oʻquv xonasi,
▫️2 ta informatika xonasi,
▫️3 ta laboratoriya xonasi,
▫️robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal va autsorsing tizimida 2 mahal ovqatlanishga moʻljallangan oshxona mavjud. Fan va ijodiy toʻgaraklar tashkil qilingan.

Maktab-internat pedagogik jamoasining maqsadi yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis va komil inson boʻlib yetishishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Ibroyim_Yusupov_nomidagi_ijod_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bugungi kunda 191 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 13 ta fan, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 150 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, kutubxona mavjud. Shu bilan birga aкtyorlik mahorati, dizayn, media, tasviriy va raqamli san’at, musiqa yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Maktab o‘quvchilarining  34 nafari ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega. Gulqumar Jaqsilikova, Sayora Tileuniyazova, Ajiniyaz Ataniyazov, Muxriddin Qurbaniyazov, Asadbek Sultamuratov kabi bitiruvchilar AQSh, Janubiy Koreya,Turkiya davlatlarining nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Shovot_tuman_ixtisoslashririlgan_maktab_internati

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 324 nafar oʻquvchiga 37 pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
22 ta oʻquv xonasi,
2 ta informatika xonasi,
3 ta laboratoriya xonasi,
robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal, konferensiya zali, yotoqxona, oshxona va xorijlik pedagoglar uchun mehmonxona mavjud.

Maktab oʻquv jamoasi bu yerda ta'lim-tarbiya olayotgan yoshlarni Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan, har tomonlama yetuk avlod boʻlib kamolga yetishlarini qat'iy maqsad qilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Xiva_shahar_2_son_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Xiva shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 305 nafar o‘quvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 30 nafar malakali pedagog bosh-qosh.

Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda:
24 ta sinf xonasi;
3 ta laboratoriya xonasi;
2 ta informatika xonasi;
robototexnika xonasi;
sport zal va oshxona mavjud.

Yoshlarga ta'lim berayotgan oʻquv jamoaning maqsadi - Vatanimizga munosib komil insonlarni tarbiyalash, yurtimiz nufuzini jahon miqyosida mustahkamlashdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Narpay_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Ta’lim maskani 330  o‘quvchini oz bagriga olib, ularga 36 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
33 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya  laboratoriya xonalari;
Kutubxona;
150 o'rinli faollar zali;
Sport zal;
Yozgi sport maydoni;
Oshxona.

Jami 24 ta fan, 3 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Bandixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Agentlik tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 268 nafar o‘quvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar malakali pedagog ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.


Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda:
21 ta sinf xonasi;
2 ta laboratoriya xonasi;
1 ta informatika xonasi;
robototexnika xonasi;
mavjud.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Norin_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 489 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 48 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
41 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
Kutubxona;
250 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Oshxona.

Jami 38 ta fan, 4 ta sport, 2 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Kosonsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Sifatli taʼlim- kelajak poydevori

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida taʼlim- tarbiya jarayoni bugungi kun zamonaviy talablaridan kelib chiqib tashkil etilgan.

Maktabda faoliyat yuritayotgan har bir pedagog dars va to‘garak mashg'ulotlarini yuqori saviyada, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan, interaktiv o‘quv jihozlaridan foydalangan holda olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Taxtakoʻpir_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Taxtakoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 268 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 39 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
25 ta sinf xona;
Kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
Kutubxona;
180 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Oshxona.

Jami 17 ta fan, 9 ta sport, kompyuter savodxonligi, robototexnika, harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Narpay_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan. Ta’lim maskani 330 o‘quvchini oz bagriga olib, ularga 36 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
33 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robototexnika xonasi;
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari;
Kutubxona;
150 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Yozgi sport maydoni;
Oshxona.

Jami 24 ta fan, shuningdek, sport, kompyuter savodxonligi, robototexnika, harbiy, "Zakovat", "Yosh kitobxonlar" hamda ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal