Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.2K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.38K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#maktablarimiz_haqida
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotga oshno, ilm-ma'rifatga chanqoq yoshlar kamolga yetmoqda.

Ta'lim maskanida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish uchun “O‘zbegim” platformasi yaratilgan. Platforma doirasida “O‘zbegim” radiosi, “O‘zbegim” jurnali va Farg‘ona viloyati teleradiokanali bilan hamkorlikda “O‘zbegim” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbegim” ijodiy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. “Tarannum” musiqiy ansambli, drama, kulolchilik to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda ta'lim maskanida 35 nafar o‘qituvchi-murabbiy 198 o‘quvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda.

2023 yilda Davlat dasturi doirasida ijod maktabining qo‘shimcha o‘quv binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona va sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Ta'lim maskani Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, zamonaviy laboratoriya va robototexnika jihozlari bilan taʼminlangan. O‘quv xonalari zamonaviy kompyuterlar va panel ekranlar bilan jihozlangan.

Bilimni baholash agentligining 2023-yil bitiruvchilarining o‘z fanlaridan to‘plagan ballari sarhisobi bo‘yicha mazkur ta'lim maskani bitiruvchilari o‘rtacha 159.7 ball bilan respublikada 2-o‘rinni egalladi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Bugun Navoiy viloyatidagi Konimex hamda Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi. Maktab bitiruvchilarining kelgusidagi rejalari haqida muloqot qilishdi.

Muloqotda oqitish ishlari sifatini yanada oshirish, ayni jarayonda o‘quvchilarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqaruvchi yangi loyiha va tashabbuslarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Agentlik ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabininig 10-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonova tomonidan Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

🔔 MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANDI!

🌐 Endilikda siz “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Germaniyaning Mitvayda universitetida ikki diplomli dasturda tahsil olishingiz mumkin.

Mutaxassislik: Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish.

📆 Taʼlim olish muddati: 2 yil.

Birinchi semestr: “Yangi Oʻzbekiston” universitetida;
Ikkinchi semestr: Germaniyaning Mitvayda universitetida;
Uchinchi semestr: Germaniya yoki Oʻzbekistonda tahsil olish va sanoat korxonalarida amaliyot;
Toʻrtinchi semestr: Diplom ishi uchun tayyorgarlik.

👉 Oʻqishga hujjat topshirish

⚡️Sifatli taʼlim olib, kelajakda xalqaro darajadagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻling.

#Qabul2024 #admission2024 #magistratura

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Chortoq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy ta’lim sharoitlariga ega

Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani 441 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 46 nafar pedagog-murabbiy taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.

Jami 42 ta fan, 4 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, shuningdek, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari bilimlar bellashuvlari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Oʻnlab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Ta’lim maskanining Barkamol Ismoilov, Alimardon Tursunxoʻjaev, Yosinbek Abdulazizov, Mirzohid Hasanxoʻjayev, Ilgʻorbek Turgʻunpoʻlatov kabi oʻquvchilari dunyoning TOP-100 universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi barcha qiziquvchilarni "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 1-MART
13:30 dan 18:30 gacha
🗺 Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik ko’chasi, 4-uy

📝 ESLATMA! O‘quv markazlari va xususiy maktablar @Character_Edu_lawyer manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube