Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.6K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.46K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻrganish jarayonlarida maktablarda ma’naviy muhitning shakllantirilganligi, rahbar xodimlar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘quv jarayonlarini o‘rganish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi o‘rganish jarayonidan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi prezident maktabida qoraqalpoq milliy taomi festivali o‘tkazildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar hamda ularning otalari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Javondagi javohir” mavzusida yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi Yusufjon Abdiyev AQSH oliy ta’lim muassasalari grantini qo‘lga kiritdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Shahriyor Aliboyev xorijiy universitetlarning grantlariga sazovor bo‘ldi.

Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilarining futbol jamoasi “Do‘stlik tuman hokimi kubogi”ning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari "Khiva Silk Fabric" MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha o‘tkazilgan tuman kubogida 3-o‘rinni egalladi.

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qildi.

Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “To‘maris” jamoasi xotin-qizlar o‘rtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Besh tashabbus doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada" o‘tkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Murodjon Kamoliddinovning viloyat teatr-konsert saroyida “Yangi Oʻzbekiston-oltin fondimiz” deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#laboratoriya_ishi
#fotoreportaj

OʻQUV JARAYONLARI

Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchilari Ghulam Qadir va Aʼzamjon Abduhakimov 9-sinf o‘quvchilari uchun “Nomaʼlum tuz va eritmaning tarkibini tahlil qilish, kation va anionni aniqlash” mavzusida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Qoʻshkoʻpir_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🗺 Qoʻshkoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 342 nafar o’quvchi 42 pedagogdan saboq olmoqda.

📝Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan taʼlim maskanida:
25 ta o’quv xonasi;
2 ta informatika xonasi;
4 ta laboratoriya xonasi;
robototexnika xonasi;
sport zal, ovqatlanishga mo’ljallangan oshxona mavjud.

Darsdan so’ng o’quvchilar uchun barcha fanlardan to’garaklar tashkil qilingan.

💫 Umid qilamizki, bu ta'lim maskanida yoshlar jonkuyar ustozlar ko’magida kuchli bilim olib, kelgusida zarur sohalar bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT

Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor
bo‘lgan edi.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.

Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube