Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#new_Uzbekistan_university

🗺“Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻtkazilgan press-turdan fotoreportaj.

#press_tur #journalists #blogers

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

#26jan #uzbekiston24

00:55 – Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilayotgani haqida.

03:14 Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube