Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
#Toshkent_prezident_maktabi

💥UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Mehmonlarni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

💫Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg'ulotlar, to'garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

💥Ma'lumot o'rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter