Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#sirdaryo_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ AGENTLIK DIREKTORI SIRDARYO VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

🗺 Bugun, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Xudaykulov Sirdaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Sirdaryo viloyatida 10 ta obyekt shundan, Guliston shahrida 2 ta, Guliston tumanida 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Shirin, Yangiyer shaharlarida, Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Mirzaobod tumanlarida 7 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 7 ta obyektda yakunlangan, 2 tasida (Boyovut va Oqoltin tumanlari) davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Sirdaryo_viloyati

🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida viloyat “Direktorlar kengashi” tomonidan maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 120 ga yaqin rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Seminar davomida rahbarlik faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida olib borish, bugungi rahbar qanday bo’lishi kerak, zamonaviy ta’limga qanday samarali erishish mumkinligi hamda rahbar kadrlarning oʻz huquqiy bilimini oshirib borish haqidagi mavzularda ma’lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda interfaol usullarda o’z bilim-malakalarini oshirdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM