Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.7K subscribers
17.9K photos
2.32K videos
70 files
6.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
November 2, 2021
December 28, 2022
January 20, 2023
#uch_avlod_uchrashuvi
#ijod_maktabi

⚡️ ADOLAT VA MA’NAVIYAT

🗺 O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Uch avlod uchrashuvi loyihasi doirasida sud sohasining peshqadam vakillari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmonov, sud faxriylari, sudyalar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda sud faxriylari bosib o‘tgan hayot yo‘llari, boy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berdilar. Faoliyatlari davomida ro‘y bergan esda qolarli va ibratli voqealarni yodga oldilar. Tadbir bugungi kunda sud idoralarida faoliyat olib borayotgan yoshlar va ertangi istiqbolini ayni sohada ko‘rishni istayotgan o‘quvchilarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yanada qizg‘in o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 27, 2023
April 23, 2024
May 7, 2024
#uch_avlod_uchrashuvi

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligi xodimlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 18, 2024
#uch_avlod_uchrashuvi

🤩 Agentlik tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Markaziy harbiy okrug, Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Navoiy garnizoni, Navoiy harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

“Vatanni himoya qilish sharafli burch” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda o‘quvchi-yoshlarga harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.

Faxriy harbiylar bilan bo‘lgan suhbatda Vatanimizni asrab-avaylash, himoya qilish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

Muloqotda yoshlar oliy harbiy bilim yurtlariga kirish imtihonlari, o‘qish tartibi borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Harbiy orkestr sadolari, kuy-qo‘shiqlar va ko‘rgazmali chiqishlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 14, 2024