Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43K subscribers
20K photos
2.54K videos
72 files
7.3K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021
#1_kun

Xabar berganimizdek, bugun GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining onlayn ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan va GDG Tashkent kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbir tashkilotchilaridan biri Dilmurod Olimjonov:

- Festivaldan ko'zlangan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamkorlikda o'rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

Bugun, masalan Google kompaniyasida ishlayotgan hamyurtimiz Nodir Nazarov onlayn tadbirimizda o'z taqdimoti bilan qatnashdi va qanday qilib xalqaro kompaniyaga ishga kirish mumkinligi va Google da ishlashning afzalliklari to'g'risida so'zlab berdi. Bular yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiyaga aylanishi aniq.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" treninglarining ochilish marosimidan video-lavha.

#1_kun #Trening #Қўлланма_тақдимоти

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda.

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

- “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
- “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
- “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

- “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
- “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
- Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
- “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
- “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Lider_oʻqituvchilar
#1_kun

Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichining birinchi kun jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijodiy_olimpiada
#1_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#1_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida II chorak yakuni boʻyicha ChSB imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun

⚡️Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda

Olimpiadaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda olimpiada ishtirokchilari va mutasaddilari qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB_imtihonlari
#1_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida III chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari onlayn va oflayn shaklda oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bugun, 17-mart kuni ChSB imtihonlarda 6-, 7-, 11-sinflarlardan oflayn (yozma) shaklda 17 363 nafar oʻquvchi, onlayn shaklda 20 047 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.

Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.

ChSB imtihonlari 19-martga qadar davom etadi.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
#1_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlaridan VIDEOLAVHA.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_yoshlari
#live
#yakuniy_bosqich
#1_kun

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida "Ijod yoshlari" tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi.

🗣Bugun, 6-may kuni tanlovning yakuniy bosqichida tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari "ijodiy matn" yoʻnalishida bilimlarini sinamoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Ijodiy matn” yoʻnalishida:
O‘quvchilarga bir xil tartibdagi qisqa videorolik ikki marta qo‘yib beriladi. Videorolik mazmuniga mos ijodiy matn yaratilishi talab etiladi. Bunda ishtirokchi ijodiy matn, hikoya, she’r, esse shakllaridan birini erkin tanlashi mumkin.

Ijodiy matn yaratish uchun o‘quvchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatma, ertaga 7-may kuni tanlov ishtirokchilari “ijodiy suhbat” yoʻnalishi boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.

🤩 Yakuniy bosqich jarayonlarida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga omad tiladi.

📍Toshkent  shahri va Toshkent viloyati oʻquvchilari uchun tanlov Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtmoqda.

📸 Suratlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB_imtihonlari
#1_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bugun, 19-may kuni ChSB imtihonlarda 6-,7-, 11-sinflardan onlayn shaklda 28 997 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.

ChSB imtihonlari 21-mayga qadar davom etadi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, 2024-2025-oʻquv yilida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilmoqda.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM