Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.5K subscribers
17.6K photos
2.28K videos
70 files
6.57K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

🤩 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Maqsud Daminov hamda Uchqoʻrgʻon tuman hokimi Dilshod Mirxonov bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.

Mehmonlar maktabda harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, taʼlim maskani oʻquv jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Uchrashuvda mehmonlarga maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy dastur havola etildi. Harbiy qurollar koʻrgazmasi, harbiy orkestr va askarlarning jangovar chiqishlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

PREZIDENT MAKTABIDA HARBIY PROKUROR BILAN UCHRASHUV

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida Farg‘ona Harbiy prokurori Ilhom Salomov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda I.Salomov mamlakatimizda harbiy, huquq-tartibot sohalarida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, Vatanimiz sarhadlari ishonchli qo‘llarda ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Farg‘ona Harbiy prokurori Prezident maktabi o‘quvchilari salohiyatini yuqori baholab, o‘g‘il-qizlarimiz o‘z bilim va iqtodorlari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Tadbir doirasida Sharqiy harbiy okrugining harbiy xizmatchilari tomonidan jangovar chiqishlar, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ OʻQUVCHILARIMIZ HOKIM BILAN UCHRASHDI


🤩 Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabI oʻquvchilari Narpay tuman hokimligida boʻlib, turli boʻlimlar faoliyati, xodimlarning ish jarayonlarini yaqindan kuzatish imkoniyatiga ega boʻldi.

Oʻquvchilar Narpay tuman hokimi Sherbek Boʻronov bilan muloqotda boʻlib, hudud boshqaruv tizimi, iqtisodiy, ijtimoiy, bunyodkorlik yoʻnalishlarda olib borilayotgan amaliy ishlar, istiqbolli loyihalar mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldi, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shu kabi tadbirlar oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitishga xizmat qilib, ularning kelajakda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM