Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Navoiy_Prezident_maktabi

"PREZIDENT MAKTABLARI TASHKIL ETILDI-YU, BILIMGA BO'LGAN QIZIQISH OSHIB KETDI..."

- Ota-onalarga maslahatim, farzandingizning qiziqishlarini e'zozlang, qo'llab-quvvatlang;

- Qani endi yosh bo'lib qolsamu, Prezident maktabida o'qisam -
deydi Qo'chqor aka.
_
- Shaxmatni yaxshi ko'rgani o'g'limning matematikaga qiziqishiga sabab bo'ldi;

- Oilaviy o'qituvchimiz, men o'z o'quvchilarimga motivatsiya beraman, intilinglar, sizlar ham albatta kirasizlar deyman
, - deydi onasi Fotima opa.

⚡️Qo'chqor Sherxolov va Fotima Nomerova - o'qituvchi. 6 farzandning ota-onasi Navoiy shahrida istiqomat qilishadi. Oilada kenja farzand bo'lgan Umidjon Husanov Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinfida tahsil oladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

⚡️ Bugun barcha ta'lim muassasalari qatorida Navoiy shahridagi Prezident maktabida ham epidemiologik vaziyat sabab masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yildi.
Xush, masofaviy ta'lim oflayn ta'limdan farq qiladimi?
Bu savolga javobni videolavhani tomosha qilganingizdan so‘ng topishingiz mumkin...

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_iftixorim "Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Guliston shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik o'qituvchilar Alisher Navoiyning "Qilg'il" radifli g'azalini ingliz tilida o'qishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_tavalludining_581_yilligi
#Bobur_tavalludining_539_yilligi
#Ijod_maktablari

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida
Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "O‘zbegim" adabiy-badiiy jurnalining bayram soni chop etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari ustozlari hamrohligida o‘lkamizning tarixi, madaniyatini o‘rganish maqsadida Nurota tumaniga sayohat uyushtirishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Биринчи_қўнғироқ

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Siz aziz yoshlar mamlakatimizning kelajagi,ertasisiz. Barcha yaratilayotgan sharoitlar sizning barkamol avlod bo’lib yetishishingizga qaratilgan. Sizga bildirgan ishonchni oqlashingizga, yurt koriga kamarbasta farzand bo’lib xizmat qilishingizga tilakdoshman. O'qishlaringizda omad va zafarlar yor bo'lsin!

✔️Tadbirda, shuningdek Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirdan badiiy chiqishlar ham o’rin olib, ishtirokchilarga alohida kayfiyat baxsh etdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Elections

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun "Students Union" jamoasi lideri hamda maktab yoshlar Prezidentligiga 4 nafar nomzodlar o‘z dasturlarini muassasa ustozlari va o‘quvchilariga taqdim etdilar.

Maktab yoshlar Prezidentligi uchun saylov oldi taqdimotlari juda qizg‘in tarzda o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra 10-sinf o‘quvchisi Utkirbek Shavkatov eng ko‘p ovoz bilan g‘olib deb topildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#Navoiy_Prezident_maktabi

PREZIDENT MAKTABIDA OTA-ONALAR OLIMPIADASI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida yangi loyiha - "Ota-onalar olimpiadasi" tashkil etildi.

Unda ota-onalar sportning bir necha yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi.

❗️Qizg‘in bahs va munozaralarga boy kechgan musobaqalarning umumiy natijalariga ko‘ra:

🥇1-o’rinni - “PROCYON” house jamoasi
🥈2-o‘rinni - “VEGA” jamoasi hamda
🥉3-o‘rinni “CAPELLA” va “ARCTURUS” house jamoalari qo’lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Yashil_makon

TABIATNI BIRGA ASRAYMIZ!

🌳 Navoiy shahridagi Prezident maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, o‘quvchi-yoshlar tomonidan atrof-muhit muhofazasini yanada samarali tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida hashar bo‘lib o‘tdi.

🎗 Volontyorlik asosida tashkil etilgan ushbu tadbirda ta'lim muassasasining 10-11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Harakat doirasida yoshlarimiz turli manzarali daraxtlarni ekishdi va atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Shu o‘rinda maktab ma'muriyati hamda barcha o‘quvchilari nomidan umummilliy harakatni amalga oshirishda va noyob ko‘chat, o‘simliklarni yetkazishda ko‘rsatgan jonbozliklari uchun homiy tashkilotlarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Saxovat_karvoni

❇️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Mehr-muruvvat va saxovat – xalqimizning azaliy qadriyati" oʻquvchi-yoshlarning volontyorlik harakatlari tashkil qilindi.

🎗 Maktabning faol yoshlaridan iborat “Istiqbolli avlod” yosh koʻngillilar harakati doirasida oʻquvchilar mehrga muhtoj xonadonlarga borib, yolgʻiz qariyalar va imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olishdi.

Bu kabi tadbirlar orqali yosh avlod vakillarining ong-u tafakkurida oqibatlilik, muxtojlarga yordam koʻrsatish, fidoyilik va halollik kabi fazilatlar shakllantiriladi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_583

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida buyuk shoir va mutafakkir Alisher
Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi Muqaddamxon Ehsonova hamda Sharqiy harbiy okrug Havo kuchlari xizmatchilari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrlanadigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzarb mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#o'quvchilar_kino_havaskorligi

🎬Navoiy shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ustozlari ko'magida "G‘aroyib tilsim" nomli qisqa metrajli film suratga oldi.

Film Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan bo'lib, o'quvchilarning kino havaskorlik yo'lidagi ilk urinishidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Navoiy_shahri

🗺Navoiy shahridagi Prezident maktabida viloyat “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Davr talabiga mos lider kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Navoiy

TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati joyiga borib o‘rganilmoqda.

Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi E.Karimova Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yaqindan oʻrganib, aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar berdi.

Agentlik direktorining maslahatchisi maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlar bilan muloqotda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, fan, robototexnika va "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini yanada kengaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati qayd etildi.

Taʼlim maskanlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Navoiy

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal