Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.3K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING TOʻLIQ GRANTIGA SAZOVOR BOʻLDI

🤩 Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bekzod Muzaffarov Italiyadagi John Cabot universitetiga (JCU) toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Endilikda bitiruvchimizga mazkur xorijiy universitet 87 500 yevro miqdorida taʼlim granti ajratadi.

Maʼlumot oʻrnida, John Cabot universiteti talabalarga turli sohalarda sifatli taʼlimni amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda taklif etadi. Universitetda siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, adabiyot va sanʼat kabi yoʻnalishlarda oʻqish mumkin.

Shuningdek, universitet dunyo boʻylab universitetlar bilan hamkorlik qilib keladi va bu talabalarga xalqaro tajriba va ilmiy tadqiqotlar imkoniyatlarini yaratadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Xorijdagi universitetlarga toʻliq grant yutgan oʻquvchilarimiz safi kengayib bormoqda.

🤩 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari Sarvar Xolmatov va Mohizar Odilova Rossiya Federatsiyada kimyo boʻyicha Sechenov olimpiadasining yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetiga toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING TOʻLIQ GRANTINI QOʻLGA KIRITDI

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aydos Kitaybekov AQShning Braun universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Dunyo miqyosida 58-oʻrinda turuvchi mazkur Braun universiteti bitiruvchimizga 396 000 AQSh dollari miqdoridagi toʻliq grant ajratdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

🤩 OʻQUVCHIMIZ TOʻLIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN DASTUR GRANTINI QOʻLGA KIRITDI

⚡️Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Iroda Saydullayeva AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls 2025" dasturi gʻolibi boʻldi.

Unda 38 davlatdan 44 000dan oshiq ishtirokchilar ichidan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. Gʻolib oʻquvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.


💫IT yoʻnalishida bilimlarini oshirish uchun AQShga boradigan oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️OʻQUVCHIMIZ NAVBATDAGI TOʻLIQ GRANTNI QOʻLGA KIRITDI!

🤩Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov AQShning Williams College oliygohiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Grant miqdori 282 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

❗️Bu Muhammaddiyor qoʻlga kiritgan ikkinchi toʻliq grant!

Maʼlumot oʻrnida, Williams College – ilmiy va akademik yutuqlari bilan mashhur boʻlib, eng ilg‘or ta’lim tizimiga ega oliy taʼlim muassasalardan biri sanaladi. Oliygoh U.S. News & World Report nashri reytinglariga koʻra, eng yaxshi qiymatga ega OTMlar ichida 1-o‘rin, eng yaxshi bakalavr ta’limi bo‘yicha 7-o‘rin, ilmiy tadqiqotlar va ijodiy loyihalar bo‘yicha 18-o‘rin, eng innovatsion oliygohlar qatorida 33-oʻrinda qayd etilgan.

Avvalroq, Muhammaddiyor Olimjonov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilingani, bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 248 000 AQSh dollarini tashkil qilishi haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi nufuzli xorijiy universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

🤩 Ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nilufar Jaylovboyeva Malayziya davlatida joylashgan Xiamen universitetiga "Biznes boshqaruvi" yoʻnalishi boʻyicha toʻliq grant bilan oʻqishga qabul qilindi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

🤩 Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongirbek Abdualimov Qatar davlatida joylashgan Carnegie Mellon universitetida taʼlim olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

📌 Ma’lumot o‘rnida, Jahongirbek Abdualimov IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1510 ball ko‘rsatkichlariga ega boʻlgan.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️IJOD MAKTABI OʻQUVCHISI 100 FOIZLIK XALQARO TAʼLIM GRANTI SOHIBI!

🤩 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aʼzamjon Shamsiddinov AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan San Francisco Bay University (SFBU)da tahsil olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur oliygoh asosan biznes va texnologiya sohalariga qaratilgan boʻlib, talabalarga ayni yoʻnalishlarda zamonaviy oʻquv dasturlarini taklif etadi.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI XORIJIY UNIVERSITETLARNING 100 FOIZLIK GRANTLARINI QOʻLGA KIRITDI!

🤩Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulshan Tursunboyeva AQShning 6 ta nufuzli oliygohlari taʼlim grantlarini yutdi.

Ulardan 2 tasi toʻliq grant hisoblanib, endilikda oʻquvchimiz Xavier University (grant miqdori 248 000 AQSh dollari) hamda Tulane University (grant miqdori 288 000 AQSh dollari)da toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar asosida bepul taʼlim olish imkoniyatiga ega.


💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muslimbek Zaynobidinov Rossiya Federatsiyasining “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetida taʼlim olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM