Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Xorazm
#Сўз_ўқувчиларга

BILIMLI O'G'IL-QIZLAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O'QUVCHISIGA AYLANDI

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorazm
#Zakovat

🔰O'QITUVCHILAR HAM "ZAKOVAT"DA!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan ta'lim muassasalari o'qituvchilari o'rtasida “Zakovat”  intellektual turniri boshlandi.

📍Turnir Urganch shahrida joylashgan 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida o'tkazildi.

Zakovat bellashuvida Agentlik tizimidagi 12 ta jamoa qatnashdi. Maktab direktorlari jamoa sardori sifatida musobaqada munosib ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan dastlabki musobaqada hozircha Xiva shahridagi Prezident maktabi, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari jamoalari oldinga chiqib olishdi.

📌Aytish joizki, g'oliblar 5 bosqichdan iborat bellashuvlardan keyin aniqlanadi. “Zakovat”  intellektual turnirining navbatdagi bosqichi 5-noyabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib o'tadi.
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

⚡️ XIVA SHAHAR 2-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov, viloyat hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, Xiva shahar hokimi Temur Davletov hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

💠 Ochilish marosimidan so'ng mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o'quvchilar bilan suhbatlashishdi.
__________
✔️ Ma'lumot o'rnida, mazkur maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda muassasada 284 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

❗️Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.

📍Seminar-trening ayni paytda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

⚡️XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Agentlik Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Qo'shko'pir tumani prokurori, adliya maslahatchisi Boburbek Matrasulov, mehnat faxriysi Bakturdi Sobirov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
_______
📌PF–106-son Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 326 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xorazm

NAJOT - MAKTABDA, NAJOT - TA'LIMDA, NAJOT - BILIMDA!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining yangi o‘quv binolari joriy yilning 23-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

🖥 Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirlar to‘g‘risida "O‘zbekiston-24" telekanalida maxsus reportaj namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Xorazm
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

"Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati bo'limi rahbari Azamat Matkarimov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib, mahorat sabog'ini o'tkazdi.

💠
Bir-biridan qiziqarli savollarga boy bo'lib o'tgan ushbu turnirda 9 ta jamoa qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar sovrinli o'rinlarni egallashdi:

🥇-o'rin - Premium 8.01 jamoasi;
🥈-o'rin - Leaders 10.01 jamoasi;
🥉-o'rin - Renessans 9.02 jamoasi.

👏 Azamat Matkarimov tomonidan maktabda "Zakovat" to'garagi faoliyati samarali yo'lga qo'yilganligi alohida e'tirof etildi.

❗️2-mavsum o'yinlari davom etadi
!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm
#Bogʻot

📍
Xorazm viloyatida yana bir Ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi

🗓 Bugun, 26- aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi Xorazm viloyati boshqarmasi, Tuman hokimligi, Tuman xalq deputatlari kengashi hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.

⚡️Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 447 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

💡Ma'lumot uchun, ushbu maktablar 106-sonli Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#ijod_maktablari

Xorazm 24 | Ogahiy ijod maktabiga kirish uchun ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi
#xorazm_24

Qashqadaryo axboroti | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2023/2024-o'quv yili qabuli uchun boshlangan imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi
#qashqadaryo_MTRK

Yangiliklar 24 | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi
#uzbekiston24

Qashqadaryo axboroti | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga boshlangan imtihon jarayonlarining 2-bosqichi ya'ni ijodiy suhbat bo‘lib o‘tdi
#qashqadaryo_MTRK

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

XORAZM HAFTA ICHIDA | ROBO-CODING OLIMPIADASI OʻTKAZILDI
#xorazm_MTRK

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan olimpiada jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"ASSALOM,
XORAZM" | OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI
#Xorazm_MTRK

Dasturda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, II-darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi Muhabbat Jumaniyozova hamda tarix fani o‘qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi Nazokat Allamova ishtirok etdi.

🗣Suhbatdan so‘ng, ijod maktabida o‘zbek adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Ogahiy hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir haqida lavha namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda erishilayotgan yutuqlar haqida "Najot — bilimda" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
#Xorazm_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube