#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Toshkent_viloyati
⚡️ TOSHKENT VILOYATIDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR OCHILDI!
✅Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab va Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish tadbirlarida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi:
– Yurtimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan eʼtibor natijasidir. Aminmanki, siz o’zingizga bildirilgan ishonchni oqlaysiz va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shasiz!
Tadbirda tuman hokimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng Agentlik rahbari maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
📌Ma’lumot o’rnida, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab 360 o’ringa, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi esa 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️ TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI
🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Toshkent viloyatida 13 ta obyekt shundan, Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron shaharlarida hamda Bekobod, Bo‘ka, O‘rtachirchiq, Parkent, Bo‘stonliq, Zangiota, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 11 ta obyektda yakunlangan bo‘lib, 2 tasida (Yangiyo‘l shahar va Bo‘stonliq tumani) avgust oyining so‘ngiga qadar ta’mirlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.
📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Toshkent_viloyati
ISHCHI GURUH: STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan ingliz tilida matematika fani oʻqitilayotgan sinflaridagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.
Taʼlim muassasasida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi De La Cruz hamda Foman Macabinguil hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nurafshon shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.