Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.
#Tashrif #New_Uzbekistan_University

Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib turibdi.

🔸Delegatsiya vakillari kunning birinchi yarmida TUM International rahbari Friederika Hettinger bilan uchrashdi. Unda Friederika Hettinger TUM International tashkiloti haqida taqdimot qilib, o‘z strategiyalari bilan yaqindan tanishtirdi.

✔️Kunning ikkinchi yarmida esa mehmonlar uchun workshoplar tashkil etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Nоrbоyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Maktabda olib borilgan ishlar, o'zgarishlar va erishilayotgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi. O'quvchilar Ogahiy g'azallari va o'z ijodlaridan namunalar o'qib berishdi. Shuningdek, hozirgi kunda ayollar va qizlarga qaratilayotgan e'tibor to'g'risida maktab pedagog xodimlari va o‘quvchilar bilan suhbat olib borildi.

⚡️Uchrashuv so'ngida Tanzila Nоrbоyeva ijod maktabining faol o‘quvchi qizlariga kitoblar sovg'a qildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif

Bugun, 14-oktabr kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabhat va ikkinchi kotib Aditi Walunch Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari hamrohlik qilishdi.

🔸Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablarga grantlar ajratish, mazkur maktablarda maxsus laboratoriyalar faoliyatini yo'lga qo'yishga ko'maklashish, o'zaro almashinuv dasturlari hamda Hindistondan malakali kadrlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.

⚡️Tashrif so'ngida mehmonlarga Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
#Tashrif

Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasinining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Prezident ta'lim muassasalari agentligiga tashrif buyurishdi.

📌
Tashrif avvalida, Agentlik vakillari tomonidan mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bo'ylab campus-tur tashkil etildi. Shundan so'ng Agentlik va Agentlik tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qator vazifalar, jumladan, xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo‘yilgan edi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Bugun, 10-yanvar kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustambayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

⚡️ Uchrashuv davomida, Agentlik tizimidagi maktablarni fransuz adabiyoti bilan ta'minlash, ijod maktablarida fransuz tilini ikkinchi til sifatida o'qitish, shuningdek, fransuz o'qituvchilarini Agentlik tasarrufidagi maktablarga jalb qilish masalalari ko'rib chiqildi.

📌 Tashrif so'nggida, istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif
#Toshkent_Prezident_maktabi

OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISI RAISI TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

⚡️Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova boshchiligidagi delegatsiya Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktabda bo'ldi. Delegatsiyani Agentlik rahbari Hilola Umarova kutib oldi.

Sohiba Gafarova yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tiborni alohida e'tirof etdi:

- Men O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'limga naqadar katta e'tibor qaratilyotganiga guvoh bo'lib turibman. Bu yerda o'qiyotgan o'quvchilarni tom ma'noda baxtli deyish mumkin. Bilimli yoshlar mamlakatning ertasi demakdir. Bu yerda tahsil olayotgan o'quvchilar kelajakda O'zbekiston taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan munosib kadrlar bo'lib yetishishiga ishonaman.

✔️Delegatsiya a'zolari uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
#Tashrif
#Toshkent_Prezident_maktabi

Bugun Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Azat Badranov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi. Mehmonlarni Agentlik direktori Hilola Umarova kutib oldi.

Azat Badranov yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tiborni hamda Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etdi.

- "Prezident maktablari konsepsiyasi, ayniqsa ularning barcha viloyatlar markazida bir xil loyihada tashkil etilganligi, bu yerdagi muhit hamda yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Men yana Prezident maktablaridagi ta'lim dasturlari xorijiy yetakchi ta'lim dasturlar bilan integratsiyalashtirilganini e'tirof etmoqchiman. Bu o'quvchilarning xorijiy tajribani o'rganish bilan bir qatorda milliy qadriyatlar ruhida kamol topishida alohida ahamiyatga ega", dedi Azat Badranov.

✔️Mehmonlar uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
Forwarded from Mirzo Ulug'bek maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugʻbek_maktabi
#Tashrif

🌍Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi  Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari Simulyatsiya markazida.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Zilzilani simulyatsiya qilish majmuasida “O‘quvchilarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

🎙Mashg‘ulotni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yoshlikdan singdirib borishdan iborat.
Tadbirda o‘quvchilarga zilzila va u bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
📍Ekspozisiya zalida o'quvchilar zilzilaning yuzaga kelishi, oqibatlari bilan ko‘rgazmali tarzda tanishishdi.

Bizni kuzatishda davom eting👇

Murojaatlar uchun: @Muimiuz_bot

✈️Telegram 📷 Instagram
📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tashrif

ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK DOʻSTI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI

Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki dunyoning ko'plab yurtlarida taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat-maʼrifat kuychilari, olim-u fuzalolari bilan mustahkam doʻstlik aloqalarini oʻrnatgan edi. Ulardan biri yaponiyalik Terasava Sensey edi.

Terasava Sensey mashhur yapon faylasufi, tinchlik elchisi boʻlib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlikni targʻib qiladi. Koʻp harbiy mojarolarning mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yoʻli bilan yechim topishiga hissa qoʻshgan insonlardan biri.

Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashgan va muloqotda boʻlgan. Koʻplab xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan voz kechishga chorlagan.

2004-yilda Oʻzbekistonda kelganida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan koʻrishgan. Uning “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik dunyoni topshiraman” degan kitobida Oʻrta Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan.

Terasava Sensey Abdulla Oripovning qadrdon do'sti bo'lgan, Toshkent shahrida bir necha bor uchrashishgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni Terasava Sensey Abdulla Oripovning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova bilan birga ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Terasava Sensey shoirning muzeyini tomosha qila turib, muzey eksponatlari ichida do'sti bilan tushgan fotosuratini ko'rib juda quvondi. Muzey unda katta taassurot qoldirdi. Shundan so'ng u ijod maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Aytish kerakki, bu tashrif orqali turli millat vakillarining shoir ijodiga bo'lgan e'tibor, qiziqish va hurmat-ehtiromining guvohi bo'ldi. Bu Abdulla Oripov ijodining dunyo bo'ylab taralayotganidan dalolat.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM