Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from ZAMON | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
09:00 22.07.2022

UNIVERSITETDA IMTIHONLAR BOSHLANDI

#Toshkent

Muxbir: Elyor Go‘ro‘g‘liyev

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#Toshkent_Prezident_maktabi

NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORI BILAN UCHRASHUV

2007-yilda Tinchlik yo'nalishi bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rae Kvon Chung va "Butunjahon yil o'qituvchisi - 2021" xalqaro tanlovi g'olibi Keyshia Torp Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

🔹Ularni Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova kutib oldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar maktab o'quvchilari bilan suhbatlashishdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, ular uchun maktab hududi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
__________
Rae Kvon Chung, Nobel mukofoti laureati:

- Yoshlarning kelajagi ular egallayotgan va kelajakda amaliyotdan o‘tkazadigan bilimlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ular nafaqat o‘rganishlari, balki tanqidiy fikrlashlari hamda o‘z kelajaklarini o‘zlari barpo etishlari kerak. Zero, kelajak ularning ota-onalari yashagan davrdan farq qilishi muqarrar.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi
#Xalqaro_olimpiada

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

✔️10-Green sinf o'quvchisi Doniyor Boymo'minov Singapurda bo'lib o'tgan "STEMCO- 2022" xalqaro biologiya olimpiadasida kumush medali sovrindori bo'ldi.

✔️ 10-Green sinf o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#Fotoreportaj

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Chorak bo‘yicha summativ baholash imtihonlari 2 smenada tashkil etilmoqda.

➡️Summativ baholash tizimi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

#Samarqand #Jizzax #Buxoro #Sirdaryo #Toshkent #Фарғона #Qarshi

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😉 Hammaga salom!

Nihoyat, yuzma-yuz ko‘rishib, bir ekojamoaga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldik!

🙌 Oldimizda - yangi tanishuvlar va qiziqarli uchrashuvlar.

Bugun yonimizda bo‘lmaganlar esa hoziroq onlayn ravishda qo‘shilishlari mumkin.

Dunyoda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan suhbatda ishtirok etamiz va juda muhim qisqartma - "BRM" so‘zi haqida bilib olamiz.

Qani, boshladik!

#Eco_Schools_Uzbekistan
#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋Xayrli kun!

Bir-birimiz bilan tanishuvni timbildingdan boshlab, do‘stligimizni boshlash uchun eng qisqa yo‘lni topdik.

♻️Keyin Suv, Havo, Yer, Eko-tahlilchilar, Tabiiy resurslar va Ishlab chiquvchilar jamoalariga bo‘lindik. Ayni paytda bir butun #Eco_Schools_Uzbekistan oilasining ajralmas qismi bo‘lib qoldik.

#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
#Toshkent_prezident_maktabi

💥UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Mehmonlarni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

💫Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg'ulotlar, to'garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

💥Ma'lumot o'rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Toshkent_viloyati

⚡️TOSHKENT VILOYATIDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR OCHILDI!

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab va Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish tadbirlarida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi:

– Yurtimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan eʼtibor natijasidir. Aminmanki, siz o’zingizga bildirilgan ishonchni oqlaysiz va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shasiz!

Tadbirda tuman hokimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng Agentlik rahbari maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

📌Ma’lumot o’rnida, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktab 360 o’ringa, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi esa 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faxrimiz
#Toshkent_prezident_maktabi

💫Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Sevinch Abdushukurova:
🔸Maktab radiosi loyiha koordinatori va suxandoni;
🔸2019-yilda o'tkazilgan
Toshkent shahar insholar tanlovining mutlaq g'olibi;
🔸"Yoshlar forumi - 2021" ishtirokchisi;
🔸"Samarqand - USA 2022" oromgohi ishtirokchisi;
🔸Intellektual o'yinlar bo'yicha maktab terma jamoasi a'zosi.


💥Mazkur intervyuda Sevinch Abdushukurova o'zining maktabdagi faoliyati, IELTS imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgani va ungacha bo'lgan tayyorlanish jarayonlari, chet ellik o'qituvchilarning Prezident maktabidagi o'rni hamda o'zining kelajakdagi maqsadlari haqida so'zladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook
Forwarded from BU KUN-THIS DAY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18.02.2023/20.00

#Toshkent

DUNYOGA YO'L OCHADIGAN UNIVERSITET

Muxbir: Karimjon IKROMOV 🎤

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.iss.one/zortv_bukun
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident maktabi bitiruvchilariga sertifikat topshirish tadbirlari
#uzbekiston24

Fakt 24 | Prezident maktablarining 80 foiz bitiruvchisi xorijiy universitetlar tabalasiga aylandi
#uzbekiston24

Hudud | Prezident maktabi bitiruvchilari qanday natijalarga erishishmoqda?
#my5

Poytaxt | “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli bitiruv tadbirlari
#toshkent_tv

Новости 24 | Церемония вручения дипломов выпускникам президентских школ
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Markaziy studiya | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni o‘tkazildi
#my5tv

Zamon | Imtihonlar jarayoni qanday o‘tmoqda?
#sevimli_tv

Yangi Davr | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#yoshlar_tv

Poytaxt | Qabul jarayonlari haqida
#toshkent

Bugun| Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#madaniyat

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Toshkent viloyatida 13 ta obyekt shundan, Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron shaharlarida hamda Bekobod, Bo‘ka, O‘rtachirchiq, Parkent, Bo‘stonliq, Zangiota, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 11 ta obyektda yakunlangan bo‘lib, 2 tasida (Yangiyo‘l shahar va Bo‘stonliq tumani) avgust oyining songiga qadar ta’mirlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

📝Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#toshkent_prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Malika Toxirovaning bugungi kunda erishayotgan natijalari, izlanishlari haqida quyida tanishishingiz mumkin.

2018-2019-yillarda o‘tkazilgan “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” talabalar fan olimpiadasining Respublika bosqichi ikki karra g‘olibi;
O‘quvchilarining fan olimpiadalari va turli tanlovlardagi munosib ishtiroki uchun 2021- yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
2020-yilda IELTS, 2022- yilda CEFR (B2) sertifikatlarini qo‘lga kiritgan;
2021-yilda Cambridge International Education tomonidan tashkil etilgan “Introductory AS&A level (9709)” hamda “Professional Development Qualification” malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan;
A-level imtihoni xalqaro o‘qituvchisi hisoblanadi va uning o‘quvchilari eng yuqori ko‘rsatkichli A-level sertifikatlarining sohibi;
“Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasidan masalalar to‘plami” metodik qo‘llanmasi muallifi;
Nizomiy nomidagi TDPU doktoranti: "Xalqaro tajribalar asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatlarini rivojlantirish strategiyalari" mavzusida ilmiy izlanishda;
“General concept of mathematics teaching technology”, “Methodology and subject of teaching mathematics”, “The role of information and communication technologiyes in quality teaching of mathematics” kabi mavzulardagi maqolalari xalqaro jurnallarda va konferensiyalarda e’lon qilingan.

🗣Uning o‘quvchilari Respublika terma jamoasiga qabul qilingan va Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan:

🟢International Junior Sciyence Olympiad (IJSO) da bronza medalini;
🟢Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasida kumush va bronza medalini;
🟢Respublika matematika olimpiadasida 1-o‘rinni;
🟢 A-level imtihonlarida 16 ta A* va 18 ta A darajalarini qo‘lga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Toshkent_shahri

🗺Toshkent shahar “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Zamonaviy lider kadrlarni shakllantirish va ular orqali ta’limda samarali boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar avvalida Kengash raisi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori M.Tojiboyeva ushbu tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish, rahbar kadrlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat.

Ushbu jarayonlarda ilmiy pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislar ham jalb etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_MDH_yoshlari_poytaxti

XALQARO FORUM MEHMONLARI MAKTABIMIZDA

Joriy yilning 15-16 aprel kunlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” forumi ishtirokchilari Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Mehmonlar maktab hayoti, unda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasidagi muloqotda Belarus Respublikasi taʼlim vaziri oʻrinbosari Yekaterina Petrutskaya mamlakatimizda ayni sohada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Toshkent_viloyati

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan ingliz tilida matematika fani oʻqitilayotgan sinflaridagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Taʼlim muassasasida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi De La Cruz hamda Foman Macabinguil hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nurafshon shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube