⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov qo‘ltiqtayoqda bo‘lishiga qaramay, jamoasiga yordam berish uchun turnirning respublika bosqichida qatnashmoqda.
✅ Abdulaziz IELTS imtihonidan 8 ballni hamda SAT xalqaro imtihonidan 1560 ballni qo'lga kiritgan. Shuningdek u "Zakovat O'quvchilar Ligasi" 2022-2023 mavsumi mutlaq g'olibi - " Et Cetera" jamoasi a'zosi, "Vice-head of the United students" Vitse-prezidenti, "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.
🥉Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichining 3-o‘rin sohibi - Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi!
📍Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🥈Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichining 2-o‘rin sohibi - Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi!
🥇Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichining 1-o‘rin sohibi - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi!
⚡️Xabar berganimizdek,Toshkent shahrida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalaridan kelgan 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashdi.
📣His-hayajonga boy boʼlgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar gʼolib boʼldi:
🥇Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi; 🥈Toshkent shahridagi Prezident maktabi; 🥉Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
✅ Mazkur jamoalarning har bir aʼzosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovgʼa qilindi. Endilikda ushbu jamoa aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy toʼlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
🟢 Shuningdek, ularning har biriga bir oʼquv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi toʼlab boriladi: 1-oʼrin: BHMning 5 baravari; 2-oʼrin: BHMning 4 baravari; 3-oʼrin: BHMning 3 baravari.
✨Barcha g'olib jamoalarimizga kelgusidagi ishlarida omad, bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar yorbo'lishini tilaymiz.
⚡️ Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasidan intervyu
✨Barcha g'olib jamoalarimizga kelgusidagi ishlarida omad, bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar yorbo'lishini tilaymiz.
⚡️ “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi o‘quvchilari ortda qolgan musobaqa haqida fikr bildirdi.