TOSHKENT VILOYATI HUDUDIY BO'LIMI
168 subscribers
949 photos
79 videos
269 links
Download Telegram
#Pedagoglar_uchun
#Singapur_tajribasi

⭕️⭕️⭕️ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining pedagog xodimlari uchun “XXI asr ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning samarali usullari: Singapur tajribasi” mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tmoqda.

📸 Onlayn vebinar jarayonlaridan javhalar.
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
DIQQAT❗️

❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Buyuk allomalar izidan” nomli fan olimpiadasi final bosqichi FIZIKA fanidan 15- aprel kuni o‘tkaziladi.

❗️Ko‘p sonli ishtirokchilarning talablariga binoan KIMYO fanidan olimpiadaning FINAL bosqishi 6-may kuni o'tkaziladi!

👉 Bog‘lanish: @newuucontact_bot

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔬 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoa a'zolari ma'lum bo'ldi

📝 Ular bilan tanishing:

1. Azizbek Nazarov
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Abdulloh Mahmudov — Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Sohibjon Dilmurodov Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Shaxzoda XakimovaAbu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

💡Ma'lumot uchun, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi shu yilning 16-25-iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 30-aprel — 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini 6 nafar o'quvchi himoya qilishi belgilangan.

🌡 Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchi 57-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:

5. Biloliddin Zuhriddinov
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6. Azizbek Xafizov — Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi.

🥇Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 BIZ SIZGA YANADA YAQINROQMIZ

⚡️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida endilikda saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

📍
Abituriyentlar o'zlariga yaqin bo'lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 13 ta Prezident maktabida shuningdek, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.

📌 Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang.

❗️Hozirgi kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.

📩 Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

🗓 Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
⌛️Sanoqli soatlarda!

Maktablarda o'quvchilarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish mavzusida ochiq muloqot

🗓2023-yil, 4-may soat 15:00

🙅🙅‍♀️ Umumta'lim maktablarining direktor o'rinbosarlari, psixolog va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi keng jamoatchilik vakillari uchun “O‘smirlik muhitida bulling, viktimizatsiya va mobbing” mavzusida ochiq muloqot!

👥Muloqotni xalqaro toifadagi psixolog Xojimuxamedova Dilbar Rixsibayevna olib boradi.

🙇🙇‍♀️Unda bugungi kunda tez-tez uchrayotgan salbiy holatlar, oila, ta’lim tashkilotlari, ish va xizmat joylardagi turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.

📝Mahorat darsi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🎯Sizni qiziqtirgan va qiynayotgan savollaringizga muloqot jarayonida javob berib boramiz.

O‘tkazib yubormang!

#Dolzarb_mavzu


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

DUNYONING TOP UNIVERSITETLARIGA GRANDLARNI QO`LGA KIRITISH IMKONI ENDI HAMMADA BOR


🗓 Olmaliq shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda "Gennis Campus" nodavlat ta`lim markazi trenerlari tomonidan "Ta`limga zamonaviy yondashuv" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰Unda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktablarning salohiyatli o`qituvchilari hamda tashabbuskor o`quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️ Trening davomida dunyoning TOP OTMlariga kirshdagi grandlar to`g`risida to`liq ma`lumotlar berildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilar va o`quvchilarning ta`limiy mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

♻️Keyingi manzilimiz Yangiyo`l shahri. Bizni kuzatishda davom eting.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube