TOSHKENT VILOYATI HUDUDIY BO'LIMI
168 subscribers
949 photos
79 videos
269 links
Download Telegram
Davlatimiz rahbari 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

❗️ Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

⚡️ IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazir Hilola Umarova tizimdagi faol va yosh o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:

yoshlarning vazir bo‘lish uchun inson qanday xislatlarga ega bo‘lish kerakligi;
soha rahbari sifatida tizimda qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani;
kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
maktab bitiruv baholarining oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi ta’siri
to‘g‘risidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tdi.

👏 Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilari, qator musobaqa va turnirlar g‘oliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topilgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1403

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ITMA Angren_IM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_óquvchilarimiz_bor

Bugun Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "IJODKOR YOSHLAR" drama to'garagi o'quvchilari ishtirokida sahnalashtirilgan “ISTIQLOL FIDOYILARI” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Ulug'bek Xabiljanov, shahar IIB boshlig'i Abid Aripov, xarbiy qism komandiri polkovnik Husan Karimov, umumta'lim maktablarining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, o'quvchilar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun drama to'garagi rahbari Asqar Azamov ustozimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Batafsil navbatdagi postimizda...

https://t.iss.one/angren_piima
#GRE
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

💎 BIZNING SHUNDAY O'QITUVCHILARIMIZ BOR!

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI OQQO'RG'ON TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O'QITUVCHILARI XALQARO GRE SERTIFIKATINI QO'LGA KIRITISHDI.

❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fani o'qituvchilari KURBONOVA NIGORA SALIMOVNA, KURBONOVA NODIRA SHAYMARDANOVNA Xalqaro sertifikatini qo'lga kiritishdi.

Turli viloyatlardan hamda qo‘shni respublikalardan xalqaro GRE imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA fanini INGLIZ TILIDA topshirib yuqori ko'rsatkichlarda baholandi. Ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

➡️GRE (Graduate Recoord Examinationas) akademik baholash testi bo'lib, baholash mezoni maksimal 170 ball shkalasida bo'ldi.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Koreys tili fanidan olimpiada - 2024”

Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida ilk bora "Koreys tili fanidan olimpiada - 2024" olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Har bir maktabdan 3 nafargacha o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin (agar bitta maktabdan uch nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, maktabning o‘zida ichki tanlov o‘tkaziladi va o‘tkazilgan tanlov natijalari asosida birinchi uchtalik olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tadi). O‘quvchi direktor nomidan tasdiqlangan (imzo va maktab shtampi bosilgan) tavsiyanoma asosida olimpiadada qatnasha oladi. Tavsiyanoma namunasini ro‘yxatdan o‘tish veb-saytidan olishingiz mumkin.

⚠️O‘quvchilar kectash-contest.softgo.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

🔥Ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi muddati 2024-yil 15-yanvar (ro‘yxatdan o‘tganlar soni 15-yanvardan oldin 250 kishiga ortiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish muddatdan oldin tugatiladi).

Murojaat uchun:
📞 +99 871 291-81-82
📞 +99 871 291-82-83
✉️[email protected]
✉️[email protected]

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayot_lavhalari

“Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos”


Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.

Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.

“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.


❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from O'rtachirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Dildora Mirzaxmatovna O'rta Chirchiq IM)
O'rta Chirchiq tuman IM
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#Acceptance_letter

O'rta Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining
11-sinf o'quvchisi Begmatova Nargiza ham AQShning Wingate Universitetidan 108 000$ lik grantini qo'lga kiritdi.
Bu o'quvchimizga ham yuksak
zafarlar tilab qolamiz.Kelgusida
yana ko'pgina xorijiy OTMlardan
ham qabul xatlarini kutib qolamiz.
https://t.iss.one/Ortachirchiq_tumani_IM