QR Nókis qalalıq 1-sanlı qánigelestirilgen mektep-internat
1.17K subscribers
3.31K photos
294 videos
29 files
1.18K links
🎓Qaraqalpaqstan Respublikası Nókis qalası 1-sanlı qánigelestirilgen mektep-internatı!

-Mektebimiz turmısı hám eń sońǵı jańalıqlarınan xabardar bolıń!
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QITUVCHILAR BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRISHMOQDA!

🔴 Ayni damda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 nafar ingliz tili o'qituvchisi ishtirok etmoqda.

📍Dastur doirasida ishtirokchilar uchun Nottingham Trent universiteti tomonidan universitet va maktablarga tashrif hamda malaka oshirish darslari rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Agentlik va Nottingham Trent universiteti o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik doirasida joriy yilning mart oyida ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tgan edi.

🔰Trening 3 kun offlayn, 8 hafta onlayn vebinar tarzida davom etdi. Ayni damda Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan 9 nafar o'qituvchi ushbu vebinarlarda faol ishtirok etgan va yakuniy esselar tanlovi natijalariga ko'ra saralab olindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Prezident_maktablari

⚡️KEMBRIJNING BIOLOGIYA VA FIZIKA FANLARIDAN O‘QUV-METODIK ADABIYOTLARI MAHALLIYLASHTIRILMOQDA!

Cambridge Assessment International Education tashkilotining Oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari va malakalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Abigail Barnett va Ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi Steve King Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Agentlik vakillari bilan bo'lgan uchrashuv davomida mazkur dasturlarni mahalliylashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, takliflar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education tashkiloti o'rtasida FIZIKA va BIOLOGIYA fanlarining IGCSE va A-level darsliklarini o'zbek tiliga tarjima qilish yuzasidan shartnoma imzolangan.

🔴Ayni damda bu borada ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

🏢Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident maktabi binosi bo'ylab ekskursiya va o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi hamda maktab faoliyati, dars jarayonlari, o'quvchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.

❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.

✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan
hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

VAZIRLIK VA PORSTMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI


London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️
Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

❗️ Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari Angliyaning Portsmut shahriga malaka oshirish uchun jo‘nab ketishgandi.

📆 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova hamda Portsmut universiteti rahbariyati va masʼul shaxslari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Unda malaka oshirishga kelgan tizimdagi maktab direktorlari uchun ushbu malaka oshirish jarayonlarining ahamiyati, qolaversa, tajriba tariqasida tadbir qatnashchilarining 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida amaliyot o‘tashi haqida fikr-mulohazalar almashildi.

🌐 Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Angliya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

#Angliya #Portsmut

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press&Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Ikki tomonlama muzokaralar davomida oʻtgan yillardagi hamkorlik natijalari va kelgusidagi rejalar haqida soʻz bordi. Jumladan, 2023-2024-oʻquv yili uchun Prezident maktablariga qabul jarayonlari, maktablarimiz uchun darsliklarni ishlab chiqish, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish va ularning Cambridge sertifikatiga ega boʻlishi singari masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar soʻngida 2024-yil mart oyida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-treningni oʻzkazishga kelishib olindi.

📝Maʼlumot uchun, Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari toʻliq mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

#Angliya #Cambridge

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya
#ikkinchi_kun

🤩
Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida delegatsiya Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bad Krozingen kardiologiya markazi Germaniyaning yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan nomdor tibbiyot muassasalaridan biri. Tibbiyot sohasida katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilarni o‘zida jamlagan markaz eng zamonaviy diagnostika, davolash va jarrohlik uskunalari bilan jihozlangan. Har yili markazda 15 ming bemor davolanadi, 1000 ga yaqin yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkaziladi.

Agentlik direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga professor Alexander von Muhlen tomonidan markaz faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi va davolanish maqsadida tashrif buyurgan bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi. Delegatsiya a’zolari Campus-tur davomida tibbiyot sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar orqali yurak jarrohlik amaliyoti jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shundan soʻng, Frayburg universiteti faoliyati bilan tanishildi. Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mazkur universitetning Nevrologik va neyrofiziologiya kasalxonasi Bosh ijrochi shifokori Jurgen Bardutzky bilan istiqboldagi rejalar boʻyicha muloqotda bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov universitetida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro ahamiyatga molik loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, delegatsiya va Bad Krozingen kardiologiya markazi vakillari o‘rtasida tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube