XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.61K subscribers
24.1K photos
1.63K videos
35 files
7.24K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Ixtirochilikka_qadam

⚡️Bugun Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔰"Ixtirochilikka qadam" tanlovi doirasida maktab o'quvchilari tomonidan 20 dan ortiq loyihalar va takliflar ilgari surilib muhokama qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥1
#Ixtirochilikka_qadam
#Xiva_shahar_1_son_IMI

⚒️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 5-11-sinflar o'rtasida "Ixtirochilikka bir qadam" tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar 3 ta loyiha bo'yicha qatnashashdi va bu hakamlar tomonidan shaffof baholandi.

Natijalar bilan tanishing:
🥇-o'rin. AI Teacher - 85 ball (8-sinflar)
🥈-o'rin. Zamonaviy turar joy - 56 ball (7-sinflar)
🥉-o'rin. Shahar maketi - 56 ball (6-sinflar)

⚡️ Ushbu tanlovdan asosiy maqsad, o'quvchi-yoshlarimizda ixtirochilikka qiziqishni yanada oshirish va yaratuvchanlik qobilyatini shakllantirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Ixtirochilikka_qadam

⚡️Bugun Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi bo'lib o'tdi.

📍Tanlovi doirasida maktab o'quvchilari tomonidan turli loyihalar taqdim qilindi. Ishlar hakamlar tomonidan ko'rib chiqildi va baholandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Ixtirochilikka_qadam

25-oktabr kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "IXTIROCHILIKKA QADAM" tanlovining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovning maqsadi maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, yangi g'oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va

📚 ta’lim,
💻 axborot texnologiyalari,
🔋 yashil energiya,
🌱 ekologiya,
🌏 iqlim o‘zgarishi
🌾 qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishlarida innovatsion go'yalarini shakllantirishga qaratilgan.


🌐 Telegram | Facebook
👍4🔥1
#Xonqa_IM
#Ixtirochilikka_qadam

▫️Bugun, 26-oktabr kuni Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida e'lon qilingan "Ixtirochilikka qadam" tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovda 3 ta guruh va bitta yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ixtirolari loyihasini taqdimot qilishdi.

🛠Hakamlar hay'atining yakuniy xulosaga ko‘ra yakka tartibda loyiha yaratgan 10-sinf o‘quvchisi Azamat Ayitboyevning "Aqlli issiqxona" loyihasi tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm

XORAZMDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

🔹Iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.


Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

⚡️Tanlov 2 kun davom etadi, unda 45 nafar yosh ixtirochilarning ishtiroki rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm

Ixtirochilikka qadam” tanlovining  XORAZM VILOYAT BOSQICHIdan fotolavhalar.

Jarayonlar ertaga,  1-mart kuni ham davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm

XORAZMDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

🔹Joriy yilning 28-fevral, 1-mart kunlari Iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.


Ushbu tanlovda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etdilar.

⚡️Jami 40 ta loyihalar yosh ixtirochilar tomonidan taqdim qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm
#natijalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi  vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida tashkil qilingan "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining Xorazm viloyati hududiy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

⚡️Tanlovda oʻquvchilar tomonidan taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish talab etilgan bo‘lib, jami 40 ta loyihalar yosh ixtirochilar tomonidan taqdimot qilindi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Urganch shahar 1-son IMI - "Smart heating system for house" loyihasi

2-o‘rin: Xonqa tumani IM - "Aqlli issiqxona" loyihasi

3-o‘rin: Shovot tumani IMI - "Quyosh nuri yordamida suvni tozalash" loyihasi


▫️Barcha qatnashchilarga diplom va sertifikatlar taqdim qilinadi.
G‘oliblar tanlovning keyingi respublika bosqichida ishtirok etishadi.


🌐 Telegram | Facebook
👍8🎉31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
#ixtirochilikka_qadam
#tanlov

⚡️ Ixtirochilikka qadam” tanlovining respublika bosqichi may oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi

🗣Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.


"Ixtirochilikka qadam" tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, jumladan, Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar ixtirochi.piima.uz maxsus onlayn platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi lozim.

2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishi ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tanlovning uchinchi (hududiy) bosqichida jami 693 ta loyiha ishi ishtirok etdi. Tanlovning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxati ixtirochi.piima.uz saytiga joylashtirildi.

📝 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi
#LIVE

⚡️IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI

🤩 Bugun, 1-iyul kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlashni ko'zda tutadi.


📝Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishlari ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 ta loyiha ishlariga Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.

📆 Ertaga, 2-iyul kuni tanlovning yopilish marosimida Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalari e’lon qilinadi.

💫Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi

🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📍Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazildi.

⚡️Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.

🏆 Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1