XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdi.

“Loqaydlik dunyodagi eng kuchli zilzila va bo’rondan ham yomonroq, befarq bo’lmang” deydi u.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 52-moddasida Davlat o‘qituvchilarning kasbi, sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash, ularni har tomonlama mehnatini himoya qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi deyilgan. Men buni juda quvonib qabul qildim. Albatta, bu orqali o‘qituvchining obro‘si yanada ortadi. O‘qituvchi qadrlangan yurtda yoshlar to‘g‘ri ta’lim-tarbiya oladi. Ilm-fan rivojlanadi. Bu esa mamlakamizning baxtli kelajagi demakdir.

Anora Mahmudova,
O‘zbekiston Qahramoni


Siz ham befarq bo'lmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

—Men va oila aʼzolarim jamiyatimizda boʻlayotgan siyosiy jarayonlarga befarq emasmiz. Barchangizni referendumda qatnashishga chorlayman.

Umarbek Sheripov
UrDU Tarix fakulteti "Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi" kafedrasi mudiri, dotsent

🌐 Telegram | Facebook
Eshitdingizmi

Ijtimoiy tarmoqlarda #befarqemasman xeshtegi ostida “Men befarq emasman” chellenji start oldi.

Nima gap

Chellenjda turli kasb egalari, yoshlar, nodavlat tashkilotlari vakillari, sportchilar, jurnalist va blogerlar faol fuqarolik huquqidan foydalanib, oʻz oilasi, yaqinlari, mahallasining taqdiri va kelajagiga, ishi, atrof-muhitga va Konstitutsiyadagi o‘zgarishlarga befarq emasligini videomurojaatlar orqali bildirishmoqda.

❗️Ming eshitgandan koʻra, bir marta koʻrgan afzal...

Videomurojaatlar maxsus Telegram kanalda berib borilmoqda. Kanalga ulanish: 👉@menbefarqemasman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

⚡️ Biz befarq emasmiz

📍 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan videorolik.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

BIZ BEFARQ EMASMIZ!

📙 Xorazm viloyatidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilarining Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar haqidagi videoroligi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Mark Riz, tarjimon va tadqiqotchi (AQSh):

— Men O‘zbekistonda bo‘lajak referendumni va mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlayman. Sizlarda bo‘layotgan islohotlar AQSh tarixiga ham o‘xshab ketadi. Biz yozgan Konstitutsiyada har jabhada inson huquqlari bor edi. Ishonamanki, O‘zbekiston ham o‘z Konstitutsiyasida shu jihatni qo‘shadi. Men #befarqemasman. Men uchun mamlakatingiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish juda yoqimli.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

G'ulomjon Ahmedov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori:

— O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqga egadirlar. O'zbekiston Respublikasi yangilanayotgan Konstitutsiyaning 37-moddasi aynan shu so'zlar bilan boshlanadi.

Bundan bir necha yillar oldin yaxshiroq ishga joylashish uchun insonning yo tanishi, yo moddiy qiymatdagi biror narsasi bo'lishi kerak edi. Bugungi kunda fuqarolar ochiq tanlov asosida ishga joylashishiga birgina misol men va mening jamoamdir.

Bu o‘quv yilida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga shaffof, ochiq, adolatli tarzda bo'lib o'tgan 3 bosqichli tanlovda ishtirok etib, inson huquqlari qay darajada ulug'langanligini bildim.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda fuqarolar ochiq tanlov asosida ishga joylashishi, mehnat qilish huquqlari mustahkamlanmoqda.

Men befarq emasman!

🌐 Telegram | Facebook