XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Vazirga_murojaat

📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!

❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!

Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.

⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____

📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».

Уважаемые учителя, воспитатели, родители!

Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:

▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.

⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.

КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot

Xabaringiz bor, yaqindan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Vazirga murojaat” portali ish boshladi.

Yurtdoshlarimiz ushbu manzilga o‘zlarini qiziqtirgan tizimga oid savol, murojaat va takliflarini yuborishlari belgilangan.

Ushbu tajribaning afzalligi shundaki, portalga kelib tushayotgan har bir murojaat vazir Hilola Umarova tomonidan nazoratga olinadi va tegishli mas’ullar tomonidan birma-bir javob beriladi.

Endilikda yana bir tashabbus ijrosini amalga oshiryapmiz. Unga ko‘ra, portalga kelib tushgan, mazmunan bir xil bo‘lgan savollarga umumlashtirilgan holda videobayonot orqali javob berishni yo‘lga qo‘ydik. Maqsadimiz, yo‘llangan savol egalariga asosli va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish barobarida mazkur masalalarga duch kelayotgan boshqa fuqarolarga ham yengillik yaratishdir.

Vazirga murojaat” portali uchun maxsus tayyorlangan dastlabki videobayonotimizda ana shunday muhim mavzularni qamrab olishga harakat qildik.

Bayonotlarimiz davom etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_5

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Davlat mukofotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga malaka toifasi bir pog‘ona oshirilgan holda ish haqi to'lanadimi? Buning tartibi qanday?

▶️ Olis hududdagi qizil toifaga kiruvchi maktabda boshqa tumandan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarga qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

▶️ Xalqaro GMAT imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, sertifikatga ega bo‘lgan umumta’lim maktab o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilariga ham bu kabi ustamalar beriladimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram