📌 Diqqat, tanlov!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistonning barcha hududlaridan
12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar
#SaferInternetDay doirasida eng yaxshi shior uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda. Tanlangan shior kelgusida Xavfsiz internet Milliy markazining shioriga aylanadi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini o’zida mujassam etuvchi shiorni ishlab chiqishdan iborat.
🗓 Tanlov o’tkazish muddati: 2022-yil 20-aprel 11-may
🔴Natijalar shu yilning 31-may sanasida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
🥇1-o‘rin uchun – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11, 128Gb 4G)
🥈2-o‘rin uchun – Electron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite 10th Generation)
🥉3-o‘rin uchun – Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)
✅ Batafsil ma'lumot
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube