XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixolog_faoliyatidan
#Xonqa_IM

Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Shoxida Xayitova 2009-yili UrDUning "Pedagogika va psixologiya" yo'nalishini tamomlagan.

📙Shu yildan boshlab o'z ish faoliyatini boshlagan Sh.R.Xayitova o‘z izlanishlari, erishgan yutuqlari, tashabbuskorligi, yaratgan yangiliklari bilan jamoada o'z o'rniga ega.

▪️Psixolog Shoxida Xayitova faoliyati orqali o'quvchilarda ijtimoiy psixologik munosabatlarni yaxshilash, ularga qulay shart-sharoit yaratib berish, o‘quvchilarning kasb layoqatini aniqlash, psixologik stress, toliqish va zo'riqish holatlarining oldini olishni maqsad qilib qo'ygan.

📍Joriy o'quv yili davomida
Temperament;
Sinf jipsligini aniqlash maqsadida "Sotsiyometrya";
"Kasb tanlash inson hayotidagi eng muhim qadam" so'rovnomasi;
O'quvchilarning ruhiy holatini aniqlash so'rovnomasi;
5-sinflarning maktabga va sinf jamoasiga moslashuvini aniqlash metodikasi;
11-sinflarda oliy ta'limga yo'naltirish bo'yicha so'rovnomalar o'tkazildi.

🌐
Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Psixolog_faoliyatidan
#Urganch_shahar_1_son_IMI

Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Atajonova Laylo Babajonovna 2005-yilda UrDUning "Pedagogika va Psixologiya" yo'nalishini tamomlagan.

📕2022-yildan Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida psixolog lavozimida ish boshlagan. Undan oldin Urganch shahridagi 1-son akademik litseyda psixolog sifatida faoliyat yuritgan.

Laylo Atajonova professional bilimi, faol va tashabbuskorligi, jonkuyarligi va fidoyiligi bilan jamoada o'zining mustahkam o'rniga ega.

📍Joriy o'quv yili davomida

Temperament testi;

Sinf jipsligini aniqlash maqsadida barcha sinflar o'rtasida "Sotsiyometrya";

9-10-sinflar o'rtasida "Kasb tanlash inson hayotidagi eng muhim qadam" so'rovnomasi;

O'quvchilarning ruhiy holatini aniqlash so'rovnomasi;

5-sinflarning maktabga va sinf jamoasiga moslashuvini aniqlash maqsadida "5-sinf bo'lish osonmi?" metodikasi;

Har haftaning seshanba kuni maktabda "Psixolog bilan bir kun" aksiyasi;

Har haftada bir marta ertalabdan noodatiy salomlashish aksiyalari o'tkazilib borilmoqda.

▪️Psixolog Laylo Atajanova faoliyati davomida o'quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri yo‘naltirib bormoqda. Maktab-internat jamoasi va o‘quvchilarda psixologik madaniyatni shakllantirishni, o'quvchilarning kelajakka katta maqsadlar bilan kirib borishlarida, o‘zlarini jamiyatga kerakli shaxs sifatida his etishlarida o'z hissasini qo'shishni maqsad qilib qo'ygan.

🌐 Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Psixolog_faoliyatidan
#Shovot_IMI

Maktab psixologi – yosh avlodni katta hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishda ota-ona va o‘qituvchi bilan barobar ahamiyatga ega mutaxassis

🔘 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Jumaboyeva Hilola 2017-yilda UrDUning "Kimyo" yo'nalishini tamomlagan hamda 2019- yilda "O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi"da "Umumiy o'rta ta'lim maktablari psixologi" qayta tayyorlash kursida ta'lim olgan.

📗2022-yildan Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida psixolog lavozimida ish boshladi. Undan oldin Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatida psixolog sifatida faoliyat yuritgan.

📍Joriy o'quv yili davomida psixolog H.Jumaboyeva tomonidan

▪️Temperament testi;

▪️"5-sinf bo'lish osonmi?" metodikasi

▪️10-11- sinf o'quvchilarining "Kasbiy qiziqishlarini aniqlash" so'rovnomasi;

▪️5-6- sinflarda "Rangli xatlar" metodikasi;

▪️ "O'quvchilarning ruhiy holatini aniqlash so'rovnomasi" kabilar o'tkazildi

🔺 Shuningdek, har haftaning seshanba va payshanba kunlari "Ruhiyat olami" to'garagini ham olib bormoqda.

⚡️Psixolog Hilola Jumaboyeva faoliyati davomida o'quvchilar bilan muntazam ishlab, ularning ta'lim-tarbiyasiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Psixolog_faoliyatidan
#Qoʻshkoʻpir_IM

🔘 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktab psixologi Asqarova Zubayda Qalandarovna 2003-yilda Urganch davlat universitetining iqtisod yo'nalishini, 2013-yilda URDU qoshidagi KMO va QTT Markazida "Kasb ta'limi pedagogikasi va psixologiyasi"qayta tayyorlash kursini tamomlagan.

2022-yil sentabr oyidan Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida psixolog lavozimida ishlab kelmoqda. Undan oldin Qo‘shko‘pir tuman 1-son IMIda psixolog sifatida faoliyat yuritgan.

✔️Joriy o‘quv yilida o'quvchilar bilan birqancha psixoligok so'rovnomalar, metodikalar, mashqlar o'tkazildi. Shuningdek, maktab hamshirasi bilan hamkorlikda "Sog‘lom turmush tarzi"darslari tashkil qilindi.

📍Bundan tashqari,
psixolog Zubayda Asqarova guruhlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga individual maslahatlar ham berib boradi.

Psixolog Zubayda Asqarova ixtisoslashtirilgan maktabda olib borayotgan faoliyati orqali :
▪️yosh avlodni katta hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish,
▪️shaxs sifatida shakllanayotgan o‘smirning o‘z olamidagi muammolariga yechim topishga ko‘maklashish,
▪️bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda ularning aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini, boladagi mavjud qobiliyatlarini, qiziqishlarini, intilishlarini o‘z vaqtida aniqlash va
▪️ulardan maksimal to‘liq ravishda foydalanishni ta‘minlab berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

🌐 Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Psixolog_faoliyatidan
#Yangiariq_IM

▫️Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi  Samara Xudayberganova 2005- yilda UrDUning "Pedagogika va psixologiya" yo'nalishini tamomlagan.

📙 Shu yildan o'z ish faoliyatini boshlagan S.Xudayberganova bilimi va intizomi, faolligi bilan jamoada o'z o'rniga ega.

▪️Psixolog Samara Xudayberganovaning asosiy maqsadi o'quvchilarning individualligi va shaxsining tarkib topishida uning taraqqiyotini ta'minlovchi psixologik sharoitlarni yaratishdan, psixologik ma'rifat tarqatishdan iboratdir.

📍Joriy o'quv yili davomida:

O‘quvchi shaxs xususiyatlarini aniqlash-Temperament;
Sinf jipsligini yanada mustahkamlash maqsadida turli xil o‘yin metodikalar;
Adaptatsiya jarayonida qiynalayotgan o‘quvchilarga amaliy yordam berish;
O‘zlashtirishi past, notinch, ruhiy tushkun, muammoli o‘quvchilar bilan yakka va guruhiy ishlari olib borilmoqda.

🔺Shuningdek, 5-11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan "Farzandim taqdiriga befarq emasman!" mavzusida davra suhbatlari va so'rovnomalar o‘tkazilib borilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Psixolog_faoliyatidan

▪️Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi Urazmetova Muyassar Maxsudovna 2012-yilda UrDUning "Biologiya" yo'nalishi, 2014-yilda Xorazm viloyati Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Psixologiya yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan.

Ish faoliyatini Urganch tumani 12-son maktabda biologiya o'qituvchisi hamda psixolog lavozimlarida boshlagan.
2023-yilda Urganch shahar 28-maktab psixologi lavozimida ishladi va yosh avlod tarbiyasida kuzatiladigan psixologik jarayonlarni o'rganib, ilmiy jurnal va konferensiyalarda o'z maqolalari bilan ishtirok qildi.

✔️Yanvar oyidan boshlab Xorazm viloyati direktorlar kengashi psixologi vazifasida ham faoliyat olib bormoqda.

M.Urazmetova o'tkazgan treninglardan fotolavhalar.

Maktab jamoasi bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" oq lenta aksiyasi;
"Psixologik tavsiyalar va siz.." mavzusida trening;
11-sinf o'quvchilari uchun "Shukronalik" mavzusida trening;
Tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishiga bag‘ishlangan trening.