Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Oʻzbekiston_Qahramoni_bilan_muloqot
O‘ZBEKISTON QAHRAMONIDAN MAHORAT DARSI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda muntazam ravishda olimlar, ijodkorlar, turli sohalar namoyandalari ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida pedagogika sohasi namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Anor Mahmudova bilan bo‘lib o‘tgan mahorat darsi ham o‘g‘il-qizlarimizni fanlar sohasi bo‘yicha bilim va tushunchalarini oshirib, o‘qituvchilik kasbiga qiziqishlarini kuchaytirdi.
Muloqotda A.Mahmudova o‘z hayot yo‘li, 60 yillik o‘qituvchilik tajribasi haqida so‘zlab, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodlarni kamolga yetkazish ekanligi alohida ta’kidladi.
Mahorat darsida atoqli pedagog o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim sharoitlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, matematika, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishning oson va qulay usullari, kitobxonlik va musiqa madaniyatini oshirish, bosh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash borasida qimmatli tavsiyalarini berdi.
Shu bilan birga A.Mahmudova mazkur maktab yoshlari bilimiga yuqori baho berib, ularning tanlagan sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishlariga tilak bildirdi.
O‘quv jarayonining uzviy qismiga aylangan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube