XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ijodiy_uchrashuv
#Unutilmas_onlar
#Jarayon

SHOIRA GULJAMOL ASQAROVA BILAN
IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

🔰Noyabr oyining 24-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda uzoq kutilgan mehmon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Ijodiy uchrashuvga viloyatimizdagi taniqli ijodkorlar va so‘zga oshiq bo‘lgan she'riyat muhiblari tashrif buyurdilar.

🔻Xorazm vohasi ijodkor qahramonimiz uchun begona emasligi bu zamin haqida ularning to‘lqinlanib gapirishidan ham sezilib turar edi.

📝 Ijodiy uchrashuv bir olam she'r va so‘zga boy tarzda o‘tdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining savollari bilan ijodkorimizga yuzlanib kerakli javoblarini oldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|


🌐@piima_xorazm
👍2
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Ijodiy_uchrashuv

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI RAISI SIROJIDDIN SAYYID BILAN
IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

✍️ 28-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan
ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimlari, vohaning yozuvchi shoirlari, Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari ishtirok etdilar.

➡️ Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev olib bordi. Dastavval Sirojiddin Sayyid so‘z olib, badiiy adabiyot, ijod, she’riyat haqida, Ogahiyning boy ijodiyoti va shoir Omon Matjon haqida uyushma tomonidan chop qilingan kitob to‘g‘risida, hamda shoir bilan kechgan xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Ijod maktabi o‘quvchilari Sirojiddin Sayyid she’rlari va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib berishdi.

📚 Mehmon tomonidan maktab kutubxonasi uchun uyushma tomonidan nashr etilgan kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


🌐 Telegram | Facebook
👏2
#ijodiy_uchrashuv

⚡️ IJOD MAKTABIDA OʻZBEKISTON QAHRAMONI BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

🤩 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim va tarjimon Ibrohim Gʻafurov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3