XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.63K videos
35 files
7.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hazorasp_IM
#Tadbir

HECH KIM HECH QACHON UNUTILMAYDI !

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1999-yil 30-mart kuni Sarimoy voqealarida bir guruh terroristik jinoyatchilarni qo'lga olishda qahramonlarcha halok bo'lgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Erik Gayazov xotirasiga bag'ishlangan "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni  Hazorasp tuman hokimining birinchi o'rinbosari J.Ro'zimov ochib berdi. So'zga chiqqanlar Davlat xavfsizlik xizmati xodimi marhum Erik Gayazov va uning qahramonliklari borasida gapirib o'tdilar.

O'tkazilgan tadbirda DXX xodimlari, mahalla faollari, keksa nuroniylar va maktab o'quvchilari qatnashdilar.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida ona Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Hazorasp_IM
#Amir_Temur_689

🇺🇿Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Hazorasp tumanida joylashgan DXX chegara qo'shinlariga qarashli harbiy bo'lim askarlari bilan buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk Temur avlodlarimiz!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir avvalida
Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi m'anaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Abdullayev yig'ilganlarga Amir Temurning hayoti, harbiy-siyosiy faoliyati, adolatga asoslangan davlat boshqaruvi, yosh avlod tarbiyasiga oid fikr-mulohazalari haqida so‘z yuritdi.

📌Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari va harbiy qism askarlari o'rtasida Temur tuzuklari asosida tuzilgan "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Intellektual o'yin natijalariga ko'ra do'stlik g'alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Hazorasp_IM
#Dars_jarayoni
#Laboratoriya

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining laboratoriya dars jarayonlaridan lavhalar:

▪️Fizika fani o'qituvchisi Axmedov Jamolbek 9-"D" sinfida "Shishaning nur sindirish ko'rsatkichini aniqlash" mavzusida laboratoriya mashg'uloti o'tkazdi.

▪️Kimyo fani o'qituvchisi Eshchanov Surojbek 8-"D" sinfida "Vodorod olish.Vodorod xossalari" mavzusida laboratoriya mashg'uloti o'tkazdi.

Bu kabi laboratoriya mashg'ulotlari o'quvchilarda olgan nazariy bilimlarini hayotda qo'llay olish ko'nikmasini hosil qilishga yordam beradi.

🌐 Telegram|Facebook
🔥2
#Kun_qahramoni
#Bogʻot
#Hazorasp_IM

⚡️Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktab - Matyaqubova Saida Masharipovna - Ingliz tili fani bo‘yicha malaka toifa sinovlarida 86 ball bilan kun qahramoni

⚡️Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktab - Ahmedova Muhabbat Umidjon qizi - Ingliz tili fani bo‘yicha malaka toifa sinovlarida 86 ball bilan kun qahramoni

🌐 Telegram | Facebook
1👏1
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Hazorasp_IM

YANGI O'ZBEKISTON - MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI

⚡️ Hazorasp  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 26-aprel kuni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4- va 6-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Hazorasp_IM
#Dars_jarayoni

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi dars jarayonlaridan lavhalar:

Rus tili fani o'qituvchilari R.Bekiyeva va D.Avezovalar tomonidan 7-D sinfida o'quvchilarning rus tili faniga qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida "Звездный час" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

San'at ART fani o'qituvchisi L.Babajanova 5-A sinfda "Miniatura" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazdi. Kamoladdin Behzod asarlari va miniatura haqida fikrlar almashildi.

San'at ART fani o'qituvchisi L.Babajanova 6-A sinf o'quvchilariga "Natyurmort" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Natyurmort janri va uning qachon, qayerda paydo bo'lganligi haqida fikr almashish kabi bir qator metodlardan samarali foydalanildi.

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi S.Rajabova tomonidan 5-A sinfda "Ivan Krilov masallari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Dars videodars shaklida, ifodali o'qish uslubida o'tkazildi. O'quvchilar masal qahramonlari dialoglarini rollarga bo'lib ijro etdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Hazorasp_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️ Hazorasp  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 2-may kuni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#muddatidan_oldin_talabalik
#Bogʻot_IM #Hazorasp_IM #Yangiariq_IM

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta'lim maktablari oʻquvchilari o’rtasida Informatika, Fizika, Biologiya hamda Kimyo fanlaridan olimpiadaning universitet (final) bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu olimpiadada Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari ham faol ishtirok qilishdi.

INFORMATIKA fanidan:

🥇Sotiboldiyev Asadbek Aybekovich - Bog‘ot tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 1-o'rin
🥈Rajabov Shohruz Nodirbek o‘g‘li - Hazorasp tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o'rin
🥉Qurbannazarov Ilyosbek Xursandbek o‘g‘li - Yangiariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 3-o'rinni egallab, oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.

Ushbu yutuqlari bilan o'quvchilarni chin dildan mubarokbod etamiz. Bundanda katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz.

🌐 Telegram | Facebook
👏3
#kun_qahramoni
#Hazorasp_IM
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Ogahiy_ijod_maktabi

Bugun TARIX  fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida kun qahramoni bo‘lgan ustozlarni tabriklaymiz:

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi - Sultonova Dilorom Tursunboyevna - 90 ball bilan kun qahramoni

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi -
Bekchanov Murodbek Po'latovich - 90 ball bilan kun qahramoni

Ogahiy ijod maktabi o‘qituvchisi - Ro'ziboyev Anvarbek Shoyimardon o'g'li - 86 ball bilan kun qahramoni

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Hazorasp_IM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

🇺🇿 Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may–"Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab:

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.Tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar maktab rahbariyatining faxriy yorlig'i va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Sinflar o‘rtasida minifutbol turniri o'tkazildi. Musobaqa do‘stlik va ahillik muhitida bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Hazorasp_IM
#Xalqaro_olimpiada

Joriy yilning 4-12-may kunlari Saudiya Arabistonida fizika fanidan bo'lib o'tgan xalqaro olimpiadada Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

➡️ Rajabov Dilshodbek Hasan o'g'li
ham faol ishtirok etib, Honourable mention🎗ga sazovor bo'ldi.

❗️Osiyo Fizika Olimpiadasi (APhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.


Nufuzli ilmiy bellashuvda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 27 ta davlatdan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashdi. Ushbu yutuq yurtimiz iqtidorli o‘quvchilari uchun yangi marralarga yo‘l ochadi va xalqaro miqyosdagi keyingi g‘alabalarga zamin yaratadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Hazorasp_IM
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq

“ILM – ENG BUYUK SHARAF!”

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida barcha ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy yilning 23-may kuni  "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o'tkazilmoqda.

🔔 Shu munosabat bilan Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 23-may kuni 2024-2025-o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “Ilm–eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Hazorasp tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Y.Qutlimurotov, mahalla faollari, maktab ma’muriyati, pedagog va ishchi xodimlar hamda ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

🏆Tadbir davomida o‘quv yili davomida turli tanlovlarda faol bo’lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari TASHAKKURNOMA va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1🤩1
#Qabul_2025_2026
#Hazorasp_IM

📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣

HAZORASP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2025-2026-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANGANLIGINI MA'LUM QILAMIZ.

Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi:

5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA - 24 nafar;

7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA - 24 nafar ;

8-SINF ANIQ FANLAR YO'NALISHLARIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA - 2 nafar.

Ayni damda talabgor o'quvchilar va ularning ota-onalari hujjatlarini mutaxassislarimiz yordamida online topshirmoqdalar.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Manzil: "Pahlavon Mahmud" mahallasi E.Gayazov ko'chasi 1-uy.(Oldingi Iqtisodiyot kolleji binosi).

☎️ Maʼlumot uchun:
+998941171215
+998887921988

Bizni kuzatishda davom qiling:
https://t.iss.one/HazoraspIMA
2
#Hazorasp_IM
#Sertifikatlar

❗️ Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari 2024-2025-oʻquv yilida:

—  17 ta IELTS,
—  22 ta CEFR,
— 60 ta MILLIY,
— 1 ta TOPIK


Jami hisobda 1️⃣0️⃣0️⃣ ta milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi , 30 dan ortiq oʻquvchilarning test natijalari yaqin orada ma'lum boʻladi.

🌐 Telegram | Facebook
7🔥5
#Hazorasp_IM
#Natija

HAZORASP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIning 11- sinf oʻquvchisi

🎓 Sharifboyeva Sevara   - matematika,  ingliz tili,  tarix, o‘zbek tili va adabiyoti  fanlaridan sertifikatlarni qoʻlga kiritib, 189 ball bilan rekord natijani qo'lga kiritdi.

Endilikda Sevara kirish imtihonlarisiz grant asosida oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha oliygohda taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldi.

⚡️ Ushbu natija bilan Sevaraning ota-onasi va ustozlarini,  butun maktab jamoasini samimiy qutlaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👏91🎉1😍1
#Hazorasp_IM
#Bitiruvchi_2025

🎓11-A sinf

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-"A" sinfini 2024/2025- o‘quv yilida 18 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Ulardan 1 nafar o'quvchi to'liq 189 ballni qo'lga kiritib muddatidan oldin talaba bo'lgan, 1 nafar o'quvchi URDU universitetida grantda o'qish uchun yo'llanmani qo'lga kiritgan va bir nafar o'quvchi fizika fanidan Xalqaro nufuzli olimpiadalarda ishtirok etib, 2 marta bronza medali sohibi bo'lgan.


📊 Bu sinfda shu kunga qadar jami 9 ta IELTS, 9 ta CEFR, 20 ta MILLIY SERTIFIKAT hamda 1ta TOPIK sertifikatlari mavjud.

🌐 Telegram | Facebook
2
#Hazorasp_IM
#Bitiruvchi_2025

🎓 11-"B"sinf

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-"B"sinfini 2024/2025-o'quv yilida 17 nafar o'quvchi tamomlamoqda.

Ular ichida 9 nafar iqtidorli yoshlar turli xil fanlardan sertifikatlarini qo'lga kiritib muddatidan oldin yuqori ballarni tayyorlab qo'yishgan.


📊 Bu sinfda shu kunga qadar jami 2 ta CEFR hamda 15 ta milliy sertifikatlar mavjud.

🌐 Telegram | Facebook
2🔥1
#Hazorasp_IM
#Bitiruvchi_2025

🎓 11-"C" sinf

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-C sinfini 2024/2025-o'quv yilida 23 nafar o'quvchi tamomlamoqda.

Ular ichida 9 nafar iqtidorli yoshlar turli xil fanlardan sertifikatlarini qo'lga kiritib muddatidan oldin yuqori ballarni tayyorlab qo'yishgan.


📊 Sinfda shu kunga qadar jami 4 ta IELTS, 2 ta CEFR hamda 10ta milliy sertifikatlar mavjud.

🌐 Telegram | Facebook
2🔥1
#Hazorasp_IM
#Bitiruvchi_2025

🎓 11-"D"sinf

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining  11-"D"sinfini 2024/2025- o'quv yilida 18 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Ular ichidan 11 nafar iqtidorli yoshlar turli xil fandan sertifikatlarni qo'lga kiritib muddatidan oldin yuqori ballarni tayyorlab qo'yishgan.


📊 Bu sinfda shu kunga qadar jami 2 ta IELTS, 9 ta CEFR hamda 19 ta milliy sertifikatlari mavjud va 1 nafar oʻquvchi toʻliq 189 ballni qoʻlga kiritib muddatidan oldin talaba boʻlgan.

🌐 Telegram | Facebook
2🔥2🏆1
#Talaba_2025
#Hazorasp_IM

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf o'quvchisi

Xajiabdullayeva Ozoda Tursinboy qizi - bir emas, uchta Xalqaro nufuzli top 500 talikka kiruvchi universitetlar:

Seoul shahrida joylashgan Hankuk University of Foreign Studies, Busan shahridagi Busan University of Foreign studies va Kyungwon universitetlariga "International studies" yo'nalishiga scholarship asosida talabalikka qabul qilindi.

Bitiruvchimizni, ota-onasi va ustozlar jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, oliy ta'limdagi kelgusi o'qish faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
🔥103🤓2🎉1😍1