XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.22K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi

🗺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida XX-asr o‘zbek she’riyati darg‘alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 114 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

📝Unda professor Usmonjon Qosimov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Iqboloy Umarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova shoir ijodi va hayot yo‘li haqida ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda baxt va shodlik kuychisi — Hamid Olimjonning "Jangchi Tursun" balladasidan "Ona monologi" sahnaviy ko‘rinishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva va o‘quvchilar tomonidan namoyish etildi.

⚡️O‘quvchilar mohir isteʼdod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.

🗣Tadbir so‘ngida "Barhayot jilolar" ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM