XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💸 2022-yildagi jahonning TOP universitetlari ro'yxati e'lon qilindi.

Bu safar qaysi universitetlar TOP-10 likda bor deb o'ylaysiz?

⚙️ Videoda bu universitetlar haqida bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

Yer yuzasi oxirgi 50 yilda o'zgargan

🛰 1972-yil dekabrda "Apollon-17" kosmik kemasi 1.5 million km uzoqdan Yer tasvirini olgan. 

💫 Oradan yarim asr o'tib, 2022-yil aynan dekabrda Deep Space iqlim observatoriyasi o'tmish Apollon-17 pozitsiyasiga yaqin nuqtadan sayyorani tasvirga tushirdi. 

🌏 Yerda 50 yil ichida sezilarli o'zgarishlarga ko'zimiz tushishi mumkin. Masalan, Antarktida muzlik maydonining biroz kichraygani, yashil Madagaskar orolining sarg'ish-jigarrang tusga aylangani, Sahroyi-Kabir cho'li janubida yashil maydonning ekvator tomon chekingani hamda Eron tog'liklarida qor yoki muzliklarning kamayganini ikki tasvirdan farqlay olish mumkin.
 

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
🔹Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
🔸Badiiy akademiya - 1 ta;
🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
🔸Adliya vazirligi - 1 ta;
🔹Bosh prokuratura - 1 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔸Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
🔸Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OTM roʻyxati pdf shaklda👈


🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

🔆 Yaponlar uzoq umr ko'rishsa, mamlakatning Okinava orolida odamlar butun mamlakatdagidan ham uzoqroq umr ko'rishadi. Orol yuz yil yashovchilar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

⚡️ Bu yerda erkaklar umri o‘rtacha 88 yosh, ayollar umri esa 92 yosh. Oroldagi odamlarning uzoq umr ko'rishiga 3 ta sabab aytiladi: ovqatlanish tarzi, ijtimoiy faollik va genetika.

⚜️ Bundan tashqari, odamlar o'z qiziqishlariga qarab turli guruhlarga birlashadi. Odamlar guruhlarda do'stlashadi, birgalikda ma'lumot almashadi, qiziqishlariga mos mashg'ulotlar olib borishadi. Bu ham uzoq umr ko'rish sabablaridan biri, sababi “Yolg'izlik - chekish kabi zararli”.

🌏 Okinavaning shimolida joylashgan Ogimi qishlog'ida quyidagi yozuvlarni uchratish mumkin: “Agar 80 yosh bo'lsangiz – siz hali yoshsiz. Agar 90 yoshda ajdodlaringiz sizni u dunyoga chorlayotgan bo'lsa, ularga ayting, 100 yoshga kirguningizcha kutib turishsin. 100 yoshda o'lim haqida o'ylab ko'rsangiz bo'ladi”.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

O'zbekistondagi eng baland tarixiy minoralar.

Маmlakatimizda balandligi 20 metrdan baland minoralar soni 10 tani tashkil qiladi.

Ulardan 6 tasi Xivada, 2 tasi Buxoroda, qolganlari Andijon va Termizda joylashgan.
 
🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

📙 Tokioning Jimbotyo tumanida hamma narsa kitobga bag‘ishlangan kvartal bor ekan:

hatto xiyobonlar ham kitob javonlari bilan qoplangan, turar-joy binolarining birinchi qavatlarida kofe ichib kitob o‘qishga mo'ljallangan kafelar joylashgan.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🌷 Lolalar Gollandiyaning eng muhim eksport mahsuloti bo‘lishidan tashqari, butun mamlakatning milliy ramzi ham hisoblanadi.

🌷 Gollandiya va lola - bir-biridan ayro bo'lmagan bu ikki nom dunyo miqyosida barchaga ma'lum va mashhur.

🌏 Mamlakatning g'arbiy qismida keng maydonli lola dalalari bo'lib, mana bir necha yillardan buyon ushbu joylar dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Bu dalalardagi lolalar shu qadar quyuq va tekis ekilganki, uzoq masofadan yoki yuqoridan kuzatilsa, ulkan gilam ko'rinishini eslatadi. Aprel va may oylarida Niderlandiya gullagan bog' kabi tus oladi.

🌱Bu ko'rinish avgust oyida ham kuzatiladi, biroq unda lolalar emas gladiolus gullari ochilgan bo'ladi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🟢 Kalta Minor - 1853-yilda Muxammad Aminxon tomonidan (shu nomli madrasa yonida) qurila boshlagan va 1855-yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

⭕️ Muhammad Aminxon minorasining
pastdagi diametri – 14,5 metr,
balandligi – 28 metr,
fundament chuqurligi – 15 metr.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

28 MART - BUTUNJAHON TARIXCHILAR KUNI

O‘tmish bilan kelajakka vositasiz,
Goho million yilga bir zumda eltasiz,
Goh bobolar janggohiga bir mo‘ralab,
Yana bir zumda kelajakka eltasiz,
Tarixchilar, shodlik aro mangu bo‘ling,
Tabrigimiz chin yurakdan qabul qiling!

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

Nisholda

🔅Nisholda, odatda Ramazonda tayyorlanadigan tuxumning oqini yetmak bilan koʻpirtirib va shakar qiyomi qoʻshib tayyorlanadigan koʻpiksimon quyuq oq shirinlikdir.

🔅Odatda ogʻizochar paytida non botirib yeyiladi. Ushbu shirinlikning xalq ogʻzida nisholla, nisholo shakllari ham bor. Hozirga turkchada köpük helvasi (ko'pik holva) deyiladi. Ko'proq Kutahya, Konya tomonlarda tayyorlanadi.

🔅Eng qizig'i shundaki, bu shirinlikni sevib yeyishimizga qaramay, uni boshqa mavsumlarda topa olmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerak ramazon deganda aqlimizga nisholda ham keladi.

@shevashunos

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

4-aprel – Butunjahon internet kuni

🗓 Har yilning 4-aprel sanasi turli mamlakatlarda Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan internet haqida eng qiziqarli beshta faktni havola etamiz:

🟣 Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi internetdan foydalanadi, 2,7 milliard odamda esa bunday imkoniyat yo'q.

🟣 Internet foydalanuvchilarining 22,8 foizini 18-24 yoshdagilar tashkil qiladi.

🟣 Internet tarmog‘idagi eng mashhur va foydalanuvchisi ko‘p ilova "TikTok" hisoblanadi.

🟣 Internet orqali yuborilgan birinchi xabar 1969-yilda Kaliforniyaning turli joylarida joylashgan ikkita kompyuter o'rtasida amalga oshirilgan.

🟣 Hozirgi kunda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan ortgan.

🌐
Telegram | Facebook
#Bilasizmi

🎙 Dunyo davlatlarida o'quvchilar qanday baholanadi:

🇳🇴 Norvegiyada:
boshlang'ich sinf o'quvchilariga rasman baho qo'yilmaydi. Har choraklik yakunida har bir o'quvchi uchun o'qituvchi izoh berib o'tadi. Yuqori sinflarda esa 6 balli tizimda baholanadi. 6 ball a'lo deb hisoblansa, 2 ball qoniqarli deb baholanadi.

🇨🇿 Chexiyada:
bizdagi kabi 5 balli tizim qo'llaniladi. Faqat bizdan farqli jihati - 5 ball eng yomon, 1 ball esa a'lo deb hisoblanadi.

🇫🇮 Finlandiyada:
10 balli tizim amalda bo'lib, o'quvchilarning atigi 5 % (eng yaxshi o'qiydigan) bu ballni oladi xolos. 10 ball eng a'lo deb topilsa, 4 ball qoniqarli deb qaraladi. 4 balldan pasti aslo qo'yilmaydi.

🇸🇬 Singapurda:
Harfli baholash tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, A1/A2 - a'lo, B3/B4 - yaxshi, C5/C6 - qoniqarli, D7 - eng minimal qoniqarli, E8/F9 - qoniqarsiz deb hisoblanadi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from IT taʼlim
#bilasizmi
Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi

💠Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori asosida oʻlchov birliklari xalqaro oʻlchov standartlariga muvofiqlashtirilgan.

✍️Qarorga koʻra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi.

📌Shunga koʻra, nashr etilgan darsliklardagi sentner, santimetr kabi oʻlchov belgilari xalqaro oʻlchov birliklariga muvofiq, “q” va “cm” tarzida belgilangan.

Quyidagi rasmda baʼzi oʻlchov birliklarining belgilanishi keltirdik.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️ So'nggi qo'ng'iroq tarixi haqida bilasizmi?

🏫 Ta'lim muassasalarida dastlabki qo‘ng‘iroqlardan foydalanish Qadimgi Yunonistonda boshlangan. Birinchi qo‘ng‘iroq Aflotun akademiyasida joriy qilingan. Aflotun foydalangan qo‘ng‘iroq biz bugun ko‘rib turgan qo‘ng‘iroqlardan ancha farq qilgan. Unda jarang hosil qilish uchun suv va naydan foydalanilgan. Olim 2ta kemani naycha bilan bog‘laydi. Bir kemadan keladigan suv nay orqali ikkinchisiga o‘tayotganda ovoz chiqqan va jarang hosil bo‘lgan.

✔️ XVII asrga kelib, qo‘ng‘iroq uchun yangi tizimdan foydalanishga o‘tiladi. Chexiyalik o‘qituvchi Yan Amos Komenskiy darslarni qo‘ng‘iroq bilan tugatish g‘oyasini ilgari surib, sinfda ko‘chma yoki statsionar qo‘ng‘iroqdan foydalangan. XX asrga kelib, qo‘ng‘iroqning ancha takomillashgan turi – elektr qo‘ng‘iroqlar keng tarqaldi.

🔔 So‘nggi qo‘ng‘iroqni 25-may sanasida nishonlash 1948-yilda Rossiyada boshlangan. Bu an'ana Krasnodar shahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bilimlar kuni, maktabda navbatchi sinflarni tashkil qilish, 1-sinf o‘quvchilari uchun alifbo bilan xayrlashish kabi an'analarni ham Fyodor Bryuxovetskiy olib kirgan. Keyinchalik bu g‘oyalar butun ittifoq bo‘ylab yoyilgan va ularning aksari hozirgacha davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Foydali

WWW.TAQVIM.UZ

Respublika bolalar kutubxonasi siz uchun eng kerakli bo‘lgan saytlardan biri https://www.taqvim.uz ni tavsiya qiladi.

⚡️Siz ushbu saytda:
- muhim tarixiy sanalar,
- bayramlar,
- tavallud kunlar haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin!

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda summativ-formativ baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔍Summativ baholash - ma'lum davrda yoki ma'lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratiladi. Bunda o‘qituvchi muayyan mavzularni qamrab olgan bobni o‘quvchiga yetkazib bergach, o‘quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi.

🔎Formativ baholash -
o‘quvchi dars jarayonida baholanib borilaveradi. Ushbu baholash tizimining asl mohiyati, u o‘quvchi bilimini emas, o‘qituvchi o‘zining darsini baholashi va unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan.
Xalqaro tajribalardan ma'lumki, formativ baholash rasmiy maqomga ega emas. Unda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga turli maqtov so‘zlari orqali ruhlantirish beriladi, biroq shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quvchining ishtiroki orqali darsni qay darajada yetkazib bera olganini tahlil qiladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar e'tiborga olinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrini foydali o‘tkazish maqsadida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida tashkil etilgan “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovida kuniga 1000 ga yaqin o‘quvchilar faol ishtirok etishmoqda.

🖍 AZIZ O‘QUVCHILAR!
USHBU TANLOVDAN XABARDORMISIZ? SIZ HAM ISHTIROK ETYAPSIZMI? HALI ULGURMAGAN BO‘LSANGIZ SHOSHILING!


📚 “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi joriy yilning 5-iyul kunidan 28-iyul kuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi sahifasida bo‘lib o‘tadi.

📃 Tanlov nizomi bilan tanishing!

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim;

🎁 Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#Bilasizmi
#Milliy_sertifikat

Hozirgi vaqtda 10 ta fan yo'nalish bo'yicha milliy sertifikatlash tizimi yo'lga qo'yilgan. Bular:

O'zbek tili va adabiyoti;
Qoraqalpoq tili va adabiyoti;
Rus tili va adabiyoti;
Fizika;
Kimyo;
Matematika;
Tarix;
Biologiya;
Geografiya;
Chet tili

2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

❗️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

YIL NOMLARINI BILASIZMI?

🔸1991-yil — “Alisher Navoiy yili”
🔸1992 yil — “Hamshiralar yili”
🔸1993-yil — “Ahmad Yassaviy yili”
🔸1994-yil — “Mirzo Ulugʼbek yili”
🔸1995-yil — “Abu Ali ibn Sino yili”
🔸1996-yil — “Amir Temur yili”
🔸1997-yil — “Inson manfaatlari yili”
🔸1998-yil — “Oila yili”
🔸1999-yil — “Ayollar yili”
🔸2000-yil — “Sogʼlom avlod yili”
🔸2001-yil — “Ona va bola yili”
🔸2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili”
🔸2003-yil — “Obod mahalla yili”
🔸2004-yil — “Mehr-muruvvat yili”
🔸2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”
🔸2006-yil — “Homiylar va shifokorlar yili”
🔸2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”
🔸2008-yil — “Yoshlar yili”
🔸2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
🔸2010-yil — “Barkamol avlod yili”
🔸2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
🔸2012-yil — “Mustahkam oila yili”
🔸2013-yil — “Obod turmush yili”
🔸2014-yil — “Sogʼlom bola yili”
🔸2015-yil — “Keksalarni eʼzozlash yili”
🔸2016-yil — “Sogʼlom ona va bola yili”
🔸2017-yil — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
🔸2018-yil — “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili”
🔸2019-yil — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
🔸2020-yil — “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
🔸2021-yil — “Yoshlarni qoʼllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
🔸 2022-yil — "Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili"
🔸 2023-yil — "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili

✔️ 2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?


Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1519

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM