XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#BIZ_BOSHLADIK
#TARIX_ARENASI
#Ogahiy_ijod_maktabi

OGAHIY IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI 1-SONI BO'LIB O'TDI

🖋"TARIX ARENASI" moziy ixlosmandlari uchun tashkil qilingan Ogahiy ijod maktabining mualliflik loyihasi bo'lib, intellektual o'yin tashabbuskori oliy toifali tarix fani o'qituvchisi A.Ro'ziboyev hisoblanadi.

🕰 2024-yilning 1-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi "TARIX ARENASI" intellektual o‘yini saralashining ilk bosqichini 9-sinf yosh tarixshunoslari boshlab berdilar.

🔰Dastlab maktab direktori S.Abdullayev yangi loyiha bilan barchani muborakbod etib, Ogahiy ijod maktabi mualliflik loyihasini ochiq deb e'lon qildi. O'yin tasvirga yozib olindi va tez kunlarda kanalimizda to'laligicha taqdim etiladi.


💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

🌐Telegram | Facebook
👏2