XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining fizika fani o'qituvchisi, UrDU Magistratura bo'limi Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Rajabov Otamurot Rajab o'g'li UrDU “Fizika” kafedrasi dotsenti, fizika va matematika fanlari nomzodi Muzaffar Qurbanov rahbarligida "Kremniy sirtining past haroratli ion tozalashini elektron spektroskopiya yordamida nazorat qilish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Akademik Muxtor Saidov nomidagi stipendiya g'olibi bo'ldi.

👏 Otamurot Rajabovning keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy amaliy markaz tomonidan "Xalqaro o'qituvchilar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Ilk ustozlik kunimdan hozirgacha" mavzusidagi esselar tanlovida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmanova diplom bilan taqdirlandi.

🎉 Ustozimizning keyingi faoliyatida ham yutuqlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

Yosh kashfiyotchi bilan tanishing:

Norbek Bekchanov
- 27 yosh, Xorazmda biologlar oilasida tug'ilgan. Milliy universitetning biologiya yo'nalishida 2016-2022-yillarda bakalavr va magistraturani tugatgan. Xiva Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti.

Talabaligida biologiyadan o'tkazilgan Respublika olimpiadalarida g'olib bo'lgan. 2019-yilda hujayra.uz da o'tkazilgan tanlovda ham g'olib bo'lgan edi. Ayni vaqtda yosh olim O'zbekistonning qanotsiz qora tanli qo'ng'izlarini o'rganmoqda.

📋PhD mavzusi -"O’zbekiston Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo’ng’izlari". O'tgan yili ham yangi qo'ng'iz turini Psammocryptus bogatchevi kashf qilgan edi.

⚡️N.Bekchanov Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tuizimidagi Xonqa tumani IM da faoliyat olib bormoqda. Bilimi, iqtidori va mas'uliyatliligi bilan jamoada hurmat qozongan. Yosh ustozga ilmiy va pedagogik faoliyatida faqat va faqat omad tilab qolamiz!

🌐
Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📌 Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Vaisova Gulchexraning mehnat faoliyati haqida:  

2004-yilda Iyun-Avgust oylarida AQSh Washington, Kaliforniya shtati Chiko Universitetida malaka oshirgan;  
                        
2005-yilda O'zbekiston Respublikasi "O'rta maxsus kasb hunar ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi;

2010 yil -pedagogik grantlar dasturi sovrindori;

Xalqaro va mahalliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;

Bir qancha o'quvchilari shahar, viloyat, respublika fan olimpiadalarida I, II,III oʻrinlarni egallagan;

2014-yilda"Shuhrat" medali bilan taqdirlangan;

Xalqaro IELTS, APTIS C1 darajasidagi sertfikatlar egasi;

2019-yildan oliy toifali ingliz tili  fani oʻqituvchisi;

Bir qancha o'quvchilari Milliy  va IIELTS sertifikatlarini qo'lga kiritgan.

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni
#Yangibozor_IM

💫 Agentlik tizimidagi Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifalimatematika fani o'qituvchisi Ikrom Eshchanovning mehnat faoliyati bilan tanishtiramiz:

2007-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak  nishoni bilan taqdirlangan.

2016-yilda Respublka  Ta’lim markazi ilmiy-metodik
kengashi qarori bilan Eshchanov  Ikromning ilg‘or ish tajribasi
Respublika miqyosida  ommalashtirilgan.

  2016-yil Respublika miqyosida  o‘tkazilgan ilmiy-amaliy  konferensiyada o‘z maqolasi bilan  qatnashgan va “Matematika
fanini o‘qitishda AKT, multimediali  mahsulotlardan foydalanish 
imkoniyatlari" mavzusidagi maqolasi  g‘olib deb topilgan.

2019-2020-o‘quv yilida 11-sinf  o‘quvchisi Ro‘zimboyev Azimboy, 2022-2023-o‘quv yilida 5-sinf  o‘quvchisi Masharipov Behruz
“Hamjihatlik  formulasi - Uchinchi mingyillik” xalqaro matematika
olimpiadasi yakuniy bosqichida  ishtirok qilishgan.

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubovaning mehnat faoliyati bilan tanishing.

300 dan ortiq ko‘rgazmali qurollar va didaktik materiallar muallifi

➡️USLUBIY QO‘LLANMALARI:
"Adabiyot fanini o‘qitishda qo‘shimcha materiallardan foydalanish"
"Maktabda Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish"


➡️ADABIYOTSHUNOSLIKKA OID ASARLARI:
"Ajab ohangu navolar"
"Zehn ziynati"


📄Ilmiy maqolalari Rossiya, Kanada va bir qator davlatlarda chop qilingan.

2021-2022-oʻquv yilida 8-sinf oʻquvchisi Javohir Karimov “Yosh kitobxon” koʻrik- tanlovining respublika  bosqichida 3-oʻrinni egalladi.

2021-yilda 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Safarboyeva Sharqshunoslik instituti tomonidan ta'sis etilgan Ogahiy nomidagi stipendiyani qoʻlga kiritdi.

2022-yil 10-sinf oʻquvchisi Gulmira Ravshanbekova Ogahiy nomidagi stipendiyani qoʻlga kiritdi.

3 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilgan.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

🏢 Agentlik tizimidagi Ogahiy ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi Yulduzxon Polvonovaning mehnat faoliyati haqida

"Yaxshi muallim sifatli ta'lim" respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan;
"Renessans davri: Ilmiy tadqiqot yetakchisi" esdalik nishoni sohibi;
M.Mirzaahmedov bilan hammuallifikda "Ijodiy matematika" o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda "Avval matematika" nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr qilindi;
"Ismli sonlar" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi;
Mustaqil tadqiqotchi sifatida "O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini "Blended learning" texnologiyasi asosida pedagogik loyihashtirish (ijod maktablari misolida)" mavzusida ilmiy ish olib bormoqda;
2021-yil matematika bo‘yicha AMC- (American mathematics competition) xaqaro olimpiadada o‘quvchilari Matnazarova Dinora, Ozodova Hosila va Yusupov Boboxonlar bronza medali sohibi bo‘ldilar.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Bekdurdiyev Zufarbekning mehnat faoliyati haqida:

"Ustoz-2021" Milliy tanlovining "Umid timsollari" nominatsiyasida Respublika bo'yicha kuchli 10 talik ustozlar qatoridan joy olgan;

2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan "Fan to'garaklari" Respublika tanlovida faxrli 1-o'rinni egallab, zamonaviy monoblok sohibi bo'lgan;

2022-yil Urganch Davlat Universitetida "CIMPA school", "International mathematics union" hamkorligida tashkil qilingan Xalqaro konferensiyada ishtirok qilgan;

2023-yil mart oyida Xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritgan;

SEAMO (Janubiy Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) da o'quvchilari muntazam qatnashib, 1 ta oltin, 2 ta bronza medali sohibi bo'lishgan;

"Viloyat hokimi olimpiadasi" da 6-sinf o'quvchisi Muslimaxon Rahimberganova faol ishtirok qilib, 3 marta g'olib bo'ldi.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Matyaqubova Lobarxon mehnat faoliyati haqida:

2016-2017-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g'olibi;

2017-yil Buyuk Britaniya Glazgov Kaledoniya universitetida malaka oshirgan, xalqaro trenerlik sertifikatiga ega;

2017-2018-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi bo'lib, Xalq ta'limi vaziri Sh. Shermatovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi;

2020-yilda "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;

2021-yil 29-oktabrda "Yil ayoli" tanlovi tuman bosqichi g‘olibi;

Ustozning samarali faoliyati davomida tahsil olgan ko‘plab o‘quvchilari,  Xalqaro IELTS sertifikatlarni qo‘lga kiritib,  chet el universitetlarida talaba bo'lishgan va turli sohalarda yetakchilik qilmoqdalar.
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari
agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  2 nafar o'qituvchilari:

Egamberdiyev Atabek Ro'zimovich - "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda

Jumaniyazov Xushnud Durdiyevich - "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

👏 Yuksak e'tibor va e'tirof bilan ustozlarimizni tabriklaymiz.

🌐
Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

🇹🇷 Turkiyaning “Arslan Bayir - Baygench” nashriyoti tomonidan  “O'zbekistonning iste'dodli ovozlari" nomli antologiya nashr etildi. Ushbu kitob taqdimoti Turkiyaning Alanya shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbek qizlari va ularning muvaffaqiyatlari haqida Turkiya ommaviy axborot vositalarida tanitildi.

E'tiborli jihati, ushbu to‘plamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining yosh tashabbuskor matematika fani o‘qituvchisi

✔️Otamuratova Mavludaning ham "O‘quvchi yoshlarni kitobxonlika o‘rgatish" nomli maqolasi chop etildi.

Ustozning kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz
#Hazorasp_IM

✔️ Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali matematika fani o'qituvchisi
Boltayev Xusin Davronbekovich xalqaro GRE setifikatini qo‘lga kiritdi.

⚡️Ustozimizni qutlab, muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Yangi_kitob
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

➡️ Oktabr oyi Ogahiy nomidagi ijod maktabi uchun yangiliklarga boy tarzda o‘tmoqda. Buni o‘quvchilarimiz erishgan yutuqlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Maktabimizda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi, ustozlarimizni alohida faxr bilan aytib o‘tishimiz lozim.

🔹Yaqindagina makabimizda "Ijodiy matematika" kitobining taqdimoti bo‘lgan oliy toifali pedagog, maktabning matematika fani o‘qituvchisi Yulduz Polvonovaning
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda 6-sinf o‘quvchilari uchun " Avval matematika" nomli masalalar o‘quv qo‘llanmasi chop qilindi.


🔸Kitob Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'quvchi va ularning ustozlari uchun qo'llanma va darslik tarzida xizmat qilishga mo‘ljallangan.

👏 Ushbu yangi kitob bilan Ogahiy ijod maktabi jamoasi qahramonimizni samimiy muborakbod etib o‘tdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Xushxabar

💢O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan tashkil etib kelinayotgan "Yil ayoli" Respublika milliy tanlovining Xorazm viloyati tuman-shahar bosqichlari bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovning Shovot tuman bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova "Oz ishining ustasi" nominatsiyasi bo'yicha mutloq g'olib deb e'tirof etilib, 1-orinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🌺Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan e'tirofga loyiq ustoz Hafiza Karimovani yutuqlari bilan tabriklaymiz. Respublika milliy tanlovining keyingi bosqichlarida ham faqat va faqat g'alabalar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🖍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlandi.

🔶 Ona tili va adabiyot fani bo’yicha  mualliflikda qatnashib, g’oliblikka erishgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-sonIMIning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Karimova Maxsuda Yusupboyevnaning yutuqlari uzluksiz ta’limda soha rivoji uchun ahamiyatli ekanligini e’tirof qilib, uning “Yoshlarda kommunikativlik va kreativlikni oshirishda foydali mutolaaning o’rni” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasini yaratgani hamda maktab o’quvchilari bilan “Zavqli mutolaa”loyihasi ustida ish olib borayotgani haqida quvonch bilan ayta olamiz.

🎉 Ustoz va uning hamkasblarini tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi

✔️ Babajanova Mahfuza IELTS dan 7.5 ballni qo’lga kiritdi.

LISTENING: 7.5
READING: 8.5
WRITING: 7.0
SPEAKING: 6.5

Ustozimizni ushbu natija bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan parvozlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook