XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.31K videos
32 files
6.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ustozlar_kuni
#Xiva_shahar_2_son_IM

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabidagi ustozlar jamoasi 𝟏-𝐨𝐤𝐭𝐚𝐛𝐫 "𝐔𝐬𝐭𝐨𝐳 𝐯𝐚 𝐦𝐮𝐫𝐚𝐛𝐛𝐢𝐲𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐮𝐧𝐢" 𝐦𝐮𝐧𝐨𝐬𝐚𝐛𝐚𝐭𝐢 bilan ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan sovg'alar ulashildi.

"𝘒𝘪𝘵𝘰𝘣𝘹𝘰𝘯𝘭𝘪𝘬" 𝘵𝘰'𝘨𝘢𝘳𝘢𝘨𝘪 𝘳𝘢𝘩𝘣𝘢𝘳𝘪 𝘚𝘩𝘰𝘩𝘪𝘴𝘵𝘢 𝘐𝘴𝘮𝘰𝘪𝘭𝘰𝘷𝘢 𝘫𝘢𝘮𝘰𝘢𝘴𝘪𝘥𝘢𝘨𝘪 𝘰'𝘲𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘶𝘴𝘵𝘰𝘻𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘢𝘫𝘰𝘺𝘪𝘣 𝘴𝘩𝘦'𝘳𝘭𝘢𝘳 𝘩𝘢𝘮𝘥𝘢 𝘩𝘪𝘬𝘮𝘢𝘵𝘭𝘪 𝘴𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘲𝘶𝘵𝘭𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪.

🌐 Telegram | Facebook
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Hurmatli ustozlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barchangizni “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Joriy yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ilk bor pedagog maqomi alohida belgilanganligi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi bugun jamiyatda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri oshib borayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bu tarixiy o‘zgarish va yangiliklarga ustoz-murabbiylarimiz ham doimo, labbay deb javob berib kelishmoqda.

Aziz pedagoglar!

Sizlar jamiyatimizning tirgagi, kelajak avlodni tarbiyalovchi o’ta mas’uliyatli hamda sharafli kasb egasisiz!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zakovat: Xorazm
✏️✏️✏️✏️✏️  ✏️✏️✏️✏️

📺 30-sentabr, dushanba kuni soat 18:20 da "Xorazm TV" telekanalida "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm Zakovat klubi va Xorazm teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tasvirga olinayotgan "Breyn ring" intellektual o'yinining JONLI EFIRDA navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

🟢Ushbu sonda o'qituvchi-pedagoglardan iborat Xiva shahridagi Prezident maktabining "Renessans" jamoasi, Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Intellekt" jamoasi, Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining "Ardaxiva" jamoasi va Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Az-Zamaxshariy" jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.

👤Bir-biridan qiziqarli savollar va murosasiz bahslarga boy bo'lgan o'yinda Xiva shahridagi Prezident maktabining "Renessans" jamoasi gʼalaba qozondi!

🏆 Gʻolib bo'lgan Xiva shahridagi Prezident maktabining "Renessans" jamoasi aʼzolari bilan tanishing:

1️⃣ Vaisbek Atanazarov;
2️⃣ Farruxbek Xakimov;
3️⃣ Madina Masharipova;
4️⃣ Shoira Gulamova;
5️⃣ Shoxrux Madrimoc:
6️⃣ Baxtiyor Matniyazov.

⭐️Ushbu jamoa O'qituvchilar o'rtasidagi "Breyn ring" teleo'yinining FINAL bosqichiga yo'l oldi!

⭐️ Eslatib o'tamiz, tez kunlarda "Breyn ring" o'yini bo'yicha "Hokim kubogi"ning II mavsumiga START beramiz.

😎  Agar o'yinlarni ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, https://youtube.com/@azamatmatkarimov4847 youtube kanalidan barcha o'yinlar videosini tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hazorasp_IM
#Ustozlar_kuni

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mehridaryo ustoz va pedagoglarga "Ustozimga maktub" loyihasi doirasida o'quvchilar samimiy tilaklar va tabriklarini bildirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabi sobiq bitiruvchilaridan bayram tabrigi!


Ulug’ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o’sgay, muallim!


💥Aziz ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo’lsin!

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni
#Qoʼshkoʼpir_IM

💥 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  maktab psixologi va  o‘quvchilar ishtirokida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Bizning sevimli ustozlarimiz" nomli bayram chellenji o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.

Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.

@hilola_umarova