XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Zakovat

AQL-ZAKOVAT VA ILM - JAMIYAT TARAQQIYOTINI BELGILOVCHI KUCHDIR

Agentlik tizimidagi maktablarda o'tkazilayotgan "Zakovat" o'yinlaridan lavhalar:

☣️ Xiva shahridagi Prezident maktabining "Zakovat" klubi a'zolari 21-may kuni Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi bilan imzolangan memorandum doirasida "Zakovar" bellashuvida qatnashdilar. Bellashuv Prezident maktabi o‘quvchilari g‘alabasi bilan yakunlandi.

☣️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent davlat yuridik universiteti professor ustozi va talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushrashuv davomida "Zakovat" intellektual o'yini ham o'tkazildi.

☣️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2023-2024 o‘quv yilining bahorgi mavsum final o'yini bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʼqishga_marhamat
#Xonqa_IM
#Targʼibot

❗️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘qishga qabul yuzasidan maktabning bir guruh o‘qituvchilari tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

📸 Lavhalarda tumandagi 10-14-28-31-34-41-42-son umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi targ‘ibot jarayonlaridan namunalar.

Targ‘ibot ishlari davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
#hamkorlik
#mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

May oyi davomida Ogahiy nomidagi ijod maktabida:

Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Otaxonova Venera tomonidan Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 02.05.2024

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat darsi olib borildi. 16.05.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov va "Mumtoz filologiya va adabiy matnshunoslik" kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhammedov tomonidan  "Qadimiy yozuvlar tarixi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. 21.05.2024

🌐 Telegram | Facebook