XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.57K subscribers
19.7K photos
1.3K videos
32 files
6.01K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Davra_suhbati
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📝 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida

Xorazm viloyati IIB JXX YHXB hodimi M.Ismoilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga kiritilgan yangiliklar to'g'risida o'quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati IIB TQX Kiber xavfsizlik boʻlimi xodimlari bilan birgalikda davra suhbati bo'lib o'tdi. Hozirgi kunda sodir etilayotgan fuqarolarning bank plastik kartalarida mavjud bo'lgan mablag'larning jinoiy tajovuzlaridan himoya qilish, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Bizning_faxrimiz

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning bir qator o'quvchilari 2023-2024-o'quv yili davomida xalqaro darajadagi hamda umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha  milliy sertifikatlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar.

➡️ Ular bilan tanishing:

📉IELTS sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar:

IELTS 6 –   11- sinf  Ozodova Oysha
IELTS 6 –  11- sinf    Zaripov Kamronbek
IELTS 5.5 –  11- sinf   Shamuratova Shoxida

📉CEFR sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilar:

✔️ CEFR C1  - 9 sinf  Polvonnazirova Zahro
✔️ CEFR B2  - 10 sinf   Komiljonova Muxlisa
✔️ CEFR B2  - 10 sinf   Otoboyev Suroj
✔️ CEFR B2  - 10 sinf   Otonazarova Intizor
✔️ CEFR B2  - 11 sinf   Aminbayeva Mukaramma
✔️ CEFR B2  - 11 sinf  Omongaldiyeva Xadicha

📉Umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha  milliy sertifikatlarni qo'lga kiritgan o'quvchilar:

☑️ Matematika B+ - 9- sinf Boyjonova Dilnura
☑️ Matematika C+ - 11- sinf Baxtiyorova Nafisa
☑️ Matematika C - 11- sinf Nurmatboyeva Nodira
☑️ Matematika C+ - 11- sinf Zarifov Kamronbek
☑️ Fizika C - 11- sinf Nurmatboyeva Nodira

⚡️TEZ ORADA YANA BIR QATOR NATIJALAR BILAN SIZLARNI MAMNUN ETAMIZ❗️

🔉Bizdan uzoqlashmang❗️


🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Yangibozor_IMI

🎥 23-may kuni Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"dan videolavha.

🕹 "Ochiq eshiklar kuni" tadbiriga ushbu maktab-internatda farzandining bilim olishini xohlagan ota-onalar kelishdi va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
#KUN_NAFASI

❇️Ayni daqiqalarda viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida “Ilm- saodat kaliti!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari boshlanish arafasida.

🔹Tadbirlarda barcha darajadagi hokimlar, sektorlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadilar.

🔹Tadbirlar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigi tantanali o‘qib eshittiriladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Tuproqqalʻa_IM

🌝Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

🏢 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida SO'NGGI QO'NG'IROQ tadbiri bo'lib o'tdi.

💠Tadbirda Tuproqqal'a tuman prokurori M.Sapayev maktab faoliyatida yuqori natijalar ko'rsatgan fidoiy ustozlar hamda yutuq sohiblari bo'lmish yoshlarni taqdirladi.


🎓Ma'lumot tariqasida shuni ta'kidlash joizki, Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilarining 80% xalqaro IELTS va CEFR sertifikatlari egalaridir. Qolaversa, muddatidan oldin Xalqaro Westminister Universiteti talabalari bo'lgan yoshlar, shuningdek, xalqaro universitetlar grantlari sohiblari bor.

🌐 Telegram | Facebook
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Xonqa_IM

Bugun 25-may butun Respublikamiz ta'lim muasssasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🛎 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham 2023-2024-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi.

Unda Xorazm viloyati hokimligi, Xonqa tumani hokimligi, tuman MMTB va boshqa hamkor tashkilot va muasssasalar vakillari, ota-onalar hamda 9-11-sinf bitiruvchilari ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook