XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

8️⃣ Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi № 2-tabrik
#Tabriknoma

1⃣0⃣ Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi


2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili".

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vazir Xilola Umarova faoliyatiga bir yil to'ldi

O'tgan yili 30-dekabrda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Umarova Xilola Uktamovna Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi. Ya'ni, 2023-yilni yangi vazir bilan boshlagan edik.

Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarovaning bir yillik faoliyati davomida ta'limda qanday o'zgarishlar bo'ldi?

Xilola Umarova vazir lavozimiga tayinlanganidan so'ng 5 oy vaqt o'tgach, ta’limni isloh qilish bo‘yicha Prezidentga taqdimot qildi;

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladigan bo'ldi;

2023-yil fevral oyidan boshlab o'qituvchilar murojaatlari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan (vazir.uzedu.uz) vazir platformasi ishga tushdi;

1-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etildi;

Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vazirlikka to'g'ridan-to'g'ri hisobdor bo'lgan “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi;

Maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi berildi;

Maktab direktori lavozimida ishlamoqchi bo'lgan talabgorlarga menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish hamda menejerlik sertifikatini olish talabi qo'yildi;

Menejerlik sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo'shimcha ustama to'lab beriladigan bo'ldi;

Maktablarning ma’naviyat va ma’rifat markaziga hisobot topshirish tartibi bekor qilindi;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor qilindi;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi ham bekor bo'ldi;

Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatildi;

Pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi;

Maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etildi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi;

Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshirilishi belgilandi;

O‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;

Xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish maqsadida maktablarga chet eldan "Til egalari" bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi;

Pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi;

O‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etildi;

PISA 2022 natijalari asosida "Yo‘l xaritalari" tayyorlanishi belgilandi.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
📣📣📣📣📣

📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ 2024-yil 3-10—YANVAR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya, 📗Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
URGANCHDA YANGI YIL SHUKUHI

🎄 Bayramni yuqori kayfiyatda oʼtkazish uchun Urganch shahrining 4 ta joyida bayram archasi o‘rnatilgan.

1. Asosiy archa “Xorazm sport majmuasi” oldida qad rostladi. Mazkur archaning balandligi 30 metr.

2. Аmir Temur nomli istirohat bogʼida oʼrnatilgan archa yon atrofidagi bayram bezaklari va dekoratsiyalari bilan boshqa archalardan ajralib turibdi.

3. “Аvesto” bogʼ majmuasidagi bayram archasining balandligi 30 metrdan ortiq boʼlib, bezatish uchun 12 mingdan ziyod archa oʼyinchoqlaridan foydalanilgan.

4. Urganch temiryoʼl vokzali qarshisida ham balandligi 20 metrdan ortiq boʼlgan bayram archasi oʼrnatildi
.

🎄4 ta manzilda ham maxsus shtablar tashkil etilgan, fuqarolar xavfsizligi va salomatligiga eʼtibor qaratish maqsadida ichki ishlar xodimlari, Favqulodda vaziyatlar boʼlimi, milliy gvardiya xodimlari va shifokorlardan iborat guruhlar navbatchilik qilishmoqda.

Konsert dasturlari, chiroqlar yogʼdusi, ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna koʼrinishlari ham oʼtkazilmoqda.
❄️🖥Raqamli Avlod IT Oromgohi 2024!

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan an'anaviy Raqamli Avlod IT oromgohimizning qishki mavsumiga start beramiz! Mazkur oromgoh 2024-yil, 5-yanvardan 9-yanvarga qadar offline va online formatda bo'lib o'tadi. Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Online yo'nalishlar:
🔹.Net
🔹Web Dizayn
🔹AI (Tools)
🔹Front-end
🔹No coding
🔹Python

Offline yo'nalishlar:
🔸Raqamli Dizayn
🔸3D Dizayn
🔸Kibersport (Dota 2)
🔸Robototexnika
🔸Website (no coding)

🎁Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (online va offline) qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi!

📝Ro'yxatdan o'tish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offline yo'nalish uchun joylar chegaralangan!
_
Digital Generation Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

YIL NOMLARINI BILASIZMI?

🔸1991-yil — “Alisher Navoiy yili”
🔸1992 yil — “Hamshiralar yili”
🔸1993-yil — “Ahmad Yassaviy yili”
🔸1994-yil — “Mirzo Ulugʼbek yili”
🔸1995-yil — “Abu Ali ibn Sino yili”
🔸1996-yil — “Amir Temur yili”
🔸1997-yil — “Inson manfaatlari yili”
🔸1998-yil — “Oila yili”
🔸1999-yil — “Ayollar yili”
🔸2000-yil — “Sogʼlom avlod yili”
🔸2001-yil — “Ona va bola yili”
🔸2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili”
🔸2003-yil — “Obod mahalla yili”
🔸2004-yil — “Mehr-muruvvat yili”
🔸2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”
🔸2006-yil — “Homiylar va shifokorlar yili”
🔸2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”
🔸2008-yil — “Yoshlar yili”
🔸2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
🔸2010-yil — “Barkamol avlod yili”
🔸2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
🔸2012-yil — “Mustahkam oila yili”
🔸2013-yil — “Obod turmush yili”
🔸2014-yil — “Sogʼlom bola yili”
🔸2015-yil — “Keksalarni eʼzozlash yili”
🔸2016-yil — “Sogʼlom ona va bola yili”
🔸2017-yil — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
🔸2018-yil — “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili”
🔸2019-yil — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
🔸2020-yil — “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
🔸2021-yil — “Yoshlarni qoʼllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
🔸 2022-yil — "Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili"
🔸 2023-yil — "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili

✔️ 2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili

🌐 Telegram | Facebook
⭕️⭕️⭕️

“Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda!

🇺🇿O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilmoqda!

I. TANLOV SHARTLARI

1️⃣ Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ikki nafar o‘quvchi (1 nafar qiz bola va 1 nafar o‘g‘il bola) maktabda kitobxonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatishi lozim!

2️⃣ Videorolikda umumta’lim maktablari tomonidan kitob taqdimoti, bahru-bayt, ijodiy kechalar, teatr tomoshalari o‘tkazilganligi ochib berilgan bo‘lishi lozim!

3️⃣ Maktab kutubxonasi o‘ziga xos jihozlangan va yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berilgan bo‘lishi zarur!

4️⃣ Tanlovga yuboriladigan videoroliklar 10 megabaytdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi lozim!

5️⃣ Videoroliklar 2023-yil 28-dekabrdan 10-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar @rahimjon070 telegram akkauntiga yuboriladi. 📤

II. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin - 2 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥈2-o‘rin - 1 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
🥉3-o‘rin - 1 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan va kitoblar to‘plami hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat.

2 ta nominatsiya: Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi!

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga kirim qilinadi (smart soat ishtirokchi uchun).

Telegram kanalimiz: 👉@beshtashabbus_maktabda