XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xushxabar
#Hazorasp_IM
#Asosiy_fan_olimpiadasi

Xabaringiz bor, 25-26-mart kunlari Asosiy fan olimpiadasining IV (Respublika) bosqichiga start berilgan edi. Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan Fizika fanidan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

Rajabov Dilshodbek Hasan o'g'li faxrli 2-o'rinni egalladi.

👏Dilshodbek o'quvchimizni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.

✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.iss.one/HazoraspIMA
🔥15👍42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#Teatr_ibratxonadir
#Ogahiy_ijod_maktabi

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Toshkent shahrida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Teatr ibratxonadir" festivali doirasida "Drama" to‘garagi rahbari Elyorbek Atabayev tomonidan N.Rashidova qalamiga mansub "Usmon Nosir" nomli spektaklni mahorat bilan namoyish etdilar.

🔸Yakuniy natijaga ko‘ra, "Drama" to‘garagi rahbari Elyorbek Atabayev "Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyasi g‘olibi deb eʼtirof etildi.

⚡️E.Atabayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
👍6
#Xushxabar
#Bogʻot_IM
#Asosiy_fan_olimpiadasi

Joriy yilning 26-27-mart kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o'tkazilgan asosiy fan olimpiadasining IV Respublika bosqichida Matematika fanidan Xorazm viloyati sharafini himoya qilayotgan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi

EGAMBERDIYEV MAQSADBEK BAXTIYOR O'G'LI faxrli 🥉-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan maktab jamoasini, ustozi Ne'matjon Kamalovni va Maqsadbekning ota-onasini  tabriklaymiz.


Maqsadbekning kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!


🌐 Telegram | Facebook
👍10🏆2
#Xushxabar
#Ogahiy_ijod_maktabi

📝 "Hayotda eng muhimi g‘oliblik emas, uni saqlab qolish"

Rustamboyeva Nigina buni isbotladi
.


➡️ Ayni damda, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Ijodiy olimpiadaning Respublika bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o‘quvchisi Nigina Rustamboyeva, yana bir bora g‘oliblik shohsupasida birinchi o‘rinni - mutloq g‘oliblikni qo'lga kiritdi.

👏 Iqtidorli, ijodkor o‘quvchimizni tabriklaymiz.


🌐 Telegram | Facebook
🎉7
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada

Al Xorazmiy xalqaro olimpiadasida 3 nafar xorazmlik oʻquvchilar bronza medalini qoʻlga kiritdi! Ular Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari:

🥉Koʻpalov Shohjahon - Xiva shahridagi Prezident maktabi

🥉Tairov Tohirjon - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab

🥉Muratboyev Bunyodbek - Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati

⚡️G'alaba muborak bo'lsin! Yangi zafarlar sari olamshumul parvozlar tilab qolamiz! Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
🔥7👍2
#xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

📝Unga ko’ra:

🤩 Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li - Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati);

🤩 Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri) ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

⚡️Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchilarimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍31