XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.7K photos
1.42K videos
32 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tabriklaymiz

🏢
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadamov Tohirjon - Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakulteti boshlig‘i podpolkovnik J.Turayev tomonidan "Harbiy taʼlim fakulteti" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


⚡️Ushbu yutuq bilan ustozimizni samimiy tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Tabriklaymiz

🌐 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-02 sinf o’quvchilari:

📍Abdullayeva Dilnura;
📍
Jumaboyeva Zubayda

AQSH elchixonasi tomonidan Urganch shahrida ayol va qizlar uchun tashkil qilingan O‘z-o‘zini himoya qilish - "Self-defense camp" loyihasida qatnashib, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bogʻot_IM
#kitobxonlik

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING 15-19 YOSH TOIFASI BO‘YICHA XORAZM VILOYATI BOSQICHI YAKUNLANDI

📚5-fevral sanasida ziyoli yoshlarning sevimli musobaqalaridan biri – “Yosh kitobxon” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar

Tanlovning 15-19 yosh toifasida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Farhodova Maftuna faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va planshet, diplom bilan taqdirlandi.

📖 Kitobxon o‘quvchimizning ota-onasi va maktab jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

🔅 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Do'schanov Muzaffar Shomuratovichning tavallud kuni!

Ustozning liderlik qobiliyati, tajribali rahbarligi sabab Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yangi yutuqlar, muvaffaqiyatlar sari bormoqda. Ta'lim dargohida bilim olayotgan yoshlarning porloq kelajagi uchun qilayotgan xizmatlari samarasi shogirdlar yutuq va muvaffaqiyatlarida bo'y ko'rsatishiga ishonamiz.

Muzaffar Shomuratovichni samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxtli va faravon hayot tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Hazorasp_IM
#Tabriklaymiz

▪️Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab barcha hududlarda fizika va kimyo fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o'qituvchilari ushbu olimpiadaning Xorazm viloyat hududiy bosqichida g‘oliblikka erishib, keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar:

EGAMBERDIYEV ATABEK - fizika fani
ESHCHANOV SIROJ - kimyo fani

🔅Ustozlarni ushbu natijalari bilan qutlab, Respublika bosqichida ham omad yor bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook