XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.27K subscribers
23.6K photos
1.61K videos
33 files
7.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tabriklaymiz
#Bogʻot_IM
#kitobxonlik

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING 15-19 YOSH TOIFASI BO‘YICHA XORAZM VILOYATI BOSQICHI YAKUNLANDI

📚5-fevral sanasida ziyoli yoshlarning sevimli musobaqalaridan biri – “Yosh kitobxon” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar

Tanlovning 15-19 yosh toifasida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Farhodova Maftuna faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va planshet, diplom bilan taqdirlandi.

📖 Kitobxon o‘quvchimizning ota-onasi va maktab jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

🔅 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Do'schanov Muzaffar Shomuratovichning tavallud kuni!

Ustozning liderlik qobiliyati, tajribali rahbarligi sabab Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yangi yutuqlar, muvaffaqiyatlar sari bormoqda. Ta'lim dargohida bilim olayotgan yoshlarning porloq kelajagi uchun qilayotgan xizmatlari samarasi shogirdlar yutuq va muvaffaqiyatlarida bo'y ko'rsatishiga ishonamiz.

Muzaffar Shomuratovichni samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxtli va faravon hayot tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Hazorasp_IM
#Tabriklaymiz

▪️Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab barcha hududlarda fizika va kimyo fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o'qituvchilari ushbu olimpiadaning Xorazm viloyat hududiy bosqichida g‘oliblikka erishib, keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar:

EGAMBERDIYEV ATABEK - fizika fani
ESHCHANOV SIROJ - kimyo fani

🔅Ustozlarni ushbu natijalari bilan qutlab, Respublika bosqichida ham omad yor bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#tabriklaymiz

⚡️Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichida Qo'shko'pir tumani ixtisoslashgan maktabning 8-sinf o'quvchisi

Masharipov Mehriddin tabiiy fanlar yo'nalishida 1-o'rinni egalladi.

Ushbu yutuq bilan Mehriddinni, maktab jamoasini,  ustozlari va ota-onasini  tabriklaymiz. Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

☀️ Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Yo'ldashev Sattorbek Alisher o'g'lining tavallud kuni!

Hurmatli Ustoz! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Sizning ta'lim sohasidagi mehnatingiz, jasoratingiz va mas'uliyatingiz orqali qancha yosh avlod yuksak marralarni zabt etmoqda. Prezident maktabidagi rahbarlik faoliyatingiz orqali ko'plab yosh iqtidor egalariga yo'l ochib, ularning kelajagiga nur sochmoqdasiz.

Sizga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, yangi g'oyalaringiz hayotga tatbiq etilib, yanada katta yutuqlarga erishishingizni tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📚 “Kitobxonlik festivali”da

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxonachisi

🥇
Indira Ibragimova - "Eng faol kutubxonachi” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Indira Ibragimovani ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchisi

JUMANAZAROV JAHONGIR -  Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligiga bag‘ishlab adib ma’naviy merosini yoshlar orasida keng  targ‘ib qilish maqsadida o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida “Qodiriy asarlari qahramonlariga maktub” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli I-o'rinni qo'lga kiritdi.

⚡️Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni,  ustozi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zuhra Atajanovani tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI

✔️Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti rektori tashabbusi bilan o’tkazilgan olimpiadaning shahar bosqichida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o’quvchilari:

✔️ SHARIPOV QOBILBEK - fizika fani bo’yicha faxrli I o’rinni egallab diplom va 700000 so’m;

✔️HAYITBOYEVA MO’TABARXON - fizika fani bo’yicha faxrli II o’rinni egallab diplom va 500000 so’m;

✔️MURODBOYEV XUSHNUDBEK
- matematika fani bo’yicha faxrli II o’rinni egallab diplom va 500000 so’m;

✔️ JUMANAZAROVA DIANA - kimyo fani bo’yicha faxrli III o’rinni egallab diplom va 300000 so’m pul mablag’i vaucherlari bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#olimpiada
#tabriklaymiz

Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi o'quvchilar o'rtasida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaning informatika fanidan hududiy saralash bosqichi bo'lib o'tgan edi.

Ushbu olimpiadada:

🥇 Xudayberganov Ollanazar Umid o'g'li - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 7-sinf o'quvchisi - 1- o'rin

🥈 Kamulboyev Diyorbek Zafarbekovich - Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf o'quvchisi - 2-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

💥O'quvchilarni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, keyingi tanlovlarda ham zafarlar tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Tabriklaymiz

📊 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan tashkil qilingan "BO'LAJAK YOSH MUHANDISLAR" nomli olimpiadasining tuman bosqichi o'tkazildi.

Ushbu olimpiadada Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchilari faol ishtirok qilib faxrli o'rinlarni egallab, vaucherlarni qo'lga kiritishdi.

Matematika fanidan:

🥇 Jumanazarov Shahriyor
🥈 Sa'dullayev Behro'zbek
🥉 Otaboyev Olimbek

Fizika fanidan:

🥇 Jumanazarov Jahongir

O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Yangiariq_IM

XUSHXABAR!

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi

🥈TOIROV TOHIRJON - Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida KUMUSH MEDAL sovrindori!!!

Ustozi: Bobojonova Durposhsha

👏
Maktab jamoasini, ustozimiz va o'quvchimizni, uning ota-onasini ushbu muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz!!!

BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bogʻot_IM

YANA XUSHXABAR!

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

🥈 EGAMBERDIYEV MAQSADBEK - Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida KUMUSH MEDAL sovrindori!!!

Ustozi: Neʼmatjon Kamalov

👏 Maktab jamoasini, ustozimiz va o'quvchimizni, uning ota-onasini ushbu muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz!!!

BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Ramazanova Shoira Satimovnaning tavallud kuni!

Bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom kuch-quvvat, oilaviy baxt, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida katta zafarlar va doimo e’tibor-u ehtirom tilaymiz.

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori sifatida el-yurt farzandlari tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz, fidokorona mehnatingiz yuksak hurmatga loyiqdir. Sizning rahbarligingiz ostida maktab-internat rivojlanib, ko‘plab iste’dodli yoshlarning hayotida yorqin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Kelgusi faoliyatingizda ham yanada yutuqlar, shogirdlaringiz muvaffaqiyati orqali faxr va shodlik tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Tavallud_kun

▫️Bugun ta’lim sohasida o‘zining fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turadigan rahbar - Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Saidov Bexzod Yuldashboyeviching tavallud kuni!

⚡️ Ustozga mustahkam sog‘lik, baxtli hayot, oilaviy osoyishtalik va kasbiy faoliyatida yanada yuksak marralarni tilaymiz!

Har doim ezgu niyatlar ro‘yobga chiqsin!

🌐 Telegram | Facebook
Har oylik ustama tayinlash ILOVA 2025.pdf
706.6 KB
#Vazir_jamgʼarmasi_ustamasi
#Tabriklaymiz

Xabaringiz bor, 5-may kuni Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun tanlovning ikkinchi - suhbat bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda Agentlik tizimidagi maktablardan 12 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etishdi va ularning barchasi suhbat jarayonlarida ham yuqori ball to‘pladilar.

1. Kamolov Ne'matjon - Bog'ot IM
2. Egamberdiyev Atabek - Hazorasp IM
3. Masharipova Gulora - Shovot IMI
4. Jumaniyozova Mahliyo - Urganch 1-son IMI
5. Razzaqova Barno - Ogahiy ijod maktabi
6. Atayeva Zamira - Ogahiy ijod maktabi
7. Palvanova Miyassar - Xiva PM
8. Xaliqberdiyev Bunyod - Xiva PM
9. Qilichbayev Qadirbergan - Xonqa IM
10. Raxmanova Mavluda - Yangiariq IM
11. Nurmetova Muxlisa - Yangibozor IMI
12. Xolmetov Xursand- Yangibozor IMI

▶️ Ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida ustama to'lanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

☀️ Bugun Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Qo'chqorov Sher Matyoqubovich ustozning tavallud kuni!

Hurmatli USTOZ! Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Siz yillar davomida taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilib, minglab yosh avlod qalbiga ilm-u maʼrifat, ezgulik va vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirdingiz. Bugun Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi sizning oqilona rahbarligingiz ostida yuksalmoqda, yurtimizning ertangi kelajagini belgilovchi bilimli va izlanuvchan avlod aynan siz kabi ustozlarning sabr-toqati va mehnati evaziga kamol topmoqda.

Sizga sihat-salomatlik, bardavom umr, oilaviy baxt, xonadoningizga fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Har doim hurmatda, e’tiborda bo‘ling!


🌐 Telegram | Facebook