XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
FLEX dasturiga qabul 2024-yilda avgust oyidan boshlanadi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

DIQQAT: Hali FLEX dasturiga qabul boshlanmagan. Qabul 2024-yil avgust oyidan boshlanadi (bu haqida FLEX dasturining Oʻzbekistondagi vakilligi eʼlon qildi).

Qabul boshlangunga qadar ushbu dastur bilan tanishib chiqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍5
#Zakovat
#tabriklaymiz

Zakovatda kuch!


🥈30-iyul kuni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari a'zolari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o’yinida ishtirok etgan Xorazm viloyati jamoasi faxrli 2-o'rinni egalladi!

🏆Ushbu terma jamoada Agentlik tizimidagi maktablardan Xiva shahridagi Prezident maktabi direktor o'rinbosari Vaisbek Atanazarov, Shovot tumani IMI o'qituvchisi Xursand Razzoqov, Tuproqqal'a tuman IM o'qituvchisi Mahliyo Ataboyeva ustozlar munosib ishtirok etdilar.

⚡️Yutuqlar davomiy bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
👍10🤩4👏2
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1💯1
Forwarded from Grantlar.uz
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar 2024-yil 26-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍7
#olimpiada
#Bogʼot_IM
#tabriklaymiz

"AL-XORAZMIY AVLODLARI" OLIMPIADASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

🔹Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilgan "Al-Xorazmiy avlodlari" onlayn olimpiadasining viloyat bosqichida

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
8-A sinf o‘quvchisi Atajanov Jamshidbek faxrli 🥇o‘rinni
7-B sinf o‘quvchisi O‘ktamov Shohjahon faxrli 🥈 o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.

✔️ 31-iyul kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik R.Sultanxodjayev ushbu oylik doirasidagi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoatchilik faollari va olimpiada g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

⚡️G‘olib o‘quvchlar va ularning ustozlari YUSUPOV DILMUROD va RO‘ZIBOYEV SIROJBEK larni ham ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Maktab jamoasining kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍654🤩41🔥1
#Hazorasp_IM
#Faxrimiz

🔰Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi

Bahodirova Shahina Baxtiyor qizi

Xalqaro nufuzli top 1000 talikka kiruvchi universitetlar
▫️"Hankuk University of Foreign Studies" va
▫️"Kyungwon University"ga International Studies yo'nalishi bo‘yicha grant asosida talabalikka qabul qilindi.

⚡️Bitiruvchimizni, ota-onasi va ustozlar jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, oliy ta'limdagi kelgusi o'qish faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!


🌐 Telegram | Facebook
👍203🔥2
#transfer_piima_uz

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-o‘quv yilida sinfdan-sinfga ko'chirilgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🗺 Arizalarni joriy yilning 2-avgust sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📌 Eslatma: Yangi 2024/2025-o‘quv yili uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilar safiga qabul qilinganidan keyin ko‘chirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Ota-ona, o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarga qoidalarni o‘rgatishdan erinmang,

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍2
#Bogʼot_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashabbusi bilan tumandagi yangi baholash tizimiga o'tayotgan umumta'lim maktablari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda maktablar rahbariyati, metod birlashmalar va pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.

🎯 Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

Ma'lumot uchun, 2024-2025-o'quv yilidan tumandagi 8 ta umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etilmoqda.


🌐
Telegram | Facebook
👍6